https://oz.sputniknews.uz/20220506/kontslagerda-tugilgan-ozbekistonlik-yoki-77-yoshli-urush-qatnashchisi-hikoyasi-24398769.html
Konslagerda tug‘ilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
Konslagerda tug‘ilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada mehnat lagerida tug‘ilgan chaqaloq, qanday tirik qolgani va qanday O‘zbekistonga kelib qolgani va keyingi hayoti haqida batafsil maqolamizda tanishing. 06.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-06T15:39+0500
2022-05-06T15:39+0500
2022-05-06T19:21+0500
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24377423_0:0:2747:1546_1920x0_80_0_0_01a5b30a4cc0f54c46b451e7bba2f5ed.jpg
Rustem Menaliyev - fashistlar Germaniyasining asirlar uchun mehnat lagerida tug‘ilgan toshkentlik. G‘alaba kuni arafasida u Sputnik muxibiriga o‘z oilasi, ochlik, mashaqqatli mehnat va qanday qilib Toshkentga kelib qolgani haqida so‘zlab berdi.Nasiya Menaliyeva yoshligida Toshkentga kelib qolishini hatto tasavvur ham qilmagan. U ona yurti Qrimda traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan. Ilg‘or ishchi bo‘lgani uchun ko‘plab faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlangan. Ammo, Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan hammasi o‘zgarib ketdi.“Nemislar onam va boshqa qrimliklarni 1944-yilda vatanidan olib ketgan. Sovet qo‘shinlari yarimrolga yaqinlashgan, qattiq urush ketayotgan vaqtlar. Shu vaqtda nemislar imkon qadar ko‘proq odamlarni olib ketishga harakat qilishgan. Oltitacha kema odamga to‘lgan, lekin bombardimon vaqtida ularning to‘rttasi odamlari bilan cho‘ktirilgan”, - deya onasining hikoyalarini keltiradi Rustem Aka.Ochlik va barakdagi hayotOmon qolgan ikkita kemaning odamlari Odessaga olib borishgan. U yerdan Germaniyaga olib ketishgan. Qrimliklar Janubiy Saksoniyaga, Auerbax shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan hududga joylashtirilgan. U yerda nafaqat Sovet Ittifoqi, balki Fransiya va Polshadan kelgan mahbuslar ham bo‘lgan.Bu vaqtda Nasiya homilador bo‘lgan. Barakdagi qiyin hayotga qaramay, ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirgan.Rustem Akaning aytishicha, ochlik davri onasining eng ko‘p xotirasida qolgan davr bo‘lgan. Ochlik sabab minglab odamlar halok bo‘lgan. Birinchi bo‘lib bolalar, albatta.“Onamning aytishicha, o‘sha payt ikkitagina bola tirik qolgan. O‘shalardan biri men bo‘lganman. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay onam meni qanday dunyoga keltirgani, qanday qilib tirik qolganim menga juda qiziq edi. Bu haqida u hech qachon gapirib bermasdi”.O‘zbekistonga yo‘lSSSR g‘alabasidan so‘ng, 1945-yil avgust oyida Janubiy Saksoniyadagi mahbuslarni Germaniyadan chiqarishga tayyorlay boshlashdi. Kimni qayerga jo‘natishni rejalashtirishdi.“Bizni O‘rta Osiyoga jo‘natadigan bo‘lishdi. Poyezdda olib ketishdi”, -deydi Rustem Menaliyev.Poyezdda bosib o‘tiladigan yo‘l juda uzoq bo‘lgan. Bu paytda ayol bolasinining qornini to‘ydirishi, yuvintirib olishi kerak edi.“Vagonda g‘ishtdan qurilgan o‘choq bo‘lgan. qa o‘xshagan narsa qilishgan, kartoshka qaynatish mumkin bo‘lgan. Onam kartoshkadan bo‘tqa qilib, meni boqqan- deydi Menaliyev. - Bir kuni onam suv isitayotganda, poyezd qattiq silkinib ketgan. Qaynab turgan suv onamga to‘qilgan edi”.Menaliyevlar O‘zbekistonga dekabr oyida yetib kelishgan. Ularga Toshkent viloyatiga joylashtirishgan. Avval ular mahalliy meva-sabzavotlar bilan kun kechirishgan. Keyinchalik Nasiya echki boqadigan bo‘ldi. Rustem akaning aytishicha, aynan echki suti uning sog‘lig‘ini tiklashga yordam bergan.“Onam hamma narsani echki sutida qaynatardi, hatto kartoshkani ham. Chunki meni to‘yimliroq va kuchliroq ovqatlanishimni xohlardi”, - deb eslaydi qahramonimiz.Agar sotqin deyishsachi?Garchi Rustem lagerdagi hayotni aniq va ravshan eslay olmasada, asirlikdagi hayot uning bolalikdagi xulqiga ta’sir qilgan. “Jarohatlangan odamni, qonni ko‘rsam qo‘rqaman. Bolalagimda shovqin-surondan qo‘rqardim, ayniqsa, traktornikidan. Menimcha, bu tankalar va bombalar ovozini kichkinaligimda ko‘p eshitganimdan bo‘lsa kerak”,- deydi u.O‘zbekistonliklarning iliq munosabati bilan Nasiya va uning farzandining o‘tmishdan qolgan yaralari bitgandek bo‘ldi. Garchi ayol boshida odamlar ularni yaxshi qarshi olmaydi deb qo‘rqqan bo‘lsada. Gap shundaki, Rustem Menaliyev birinchi hujjatini O‘zbekiton SSR da olgan. Menaliyevning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining “Tug‘ilgan joyi” degan bandida Germaniya deb yozilgan. Urushdan so‘ng, ko‘pchilik odamlar agar farzandlari natsistlar hududida tug‘ilgan bo‘lsa, buni sir tutishga harakat qilgan.“Onam aynan mana shu mening hayotimga ta’sir qilishidan ko‘rqardi”, - deydi Rustem Aka.Nasiya Menaliyeva ona sifatida albatta o‘g‘lining yutuqlaridan quvongan. Urush va lagerdagi hayot xotiralari uning bir umr yodida qoldi: masalan, u ochliq davrini hech qachon unutmagan. “Onam ovqat pishirganda juda ko‘p pishirardi”, deydi Rustem. Biroq, ayol urushdan keyingi hodisalarni mo‘jiza deb hisoblagan. Axir eng asosiysi uning farzandi konslagerda omon qoldi, katta bo‘ldi, mutaxasslik egalladi.Rustam Menaliyev fashist konslagerining voyaga yetmagan sobiq mahbusi sifatida 1941-1945 yillar urush qatnashchilari qatorida turadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24377423_143:0:2584:1831_1920x0_80_0_0_6d5a1776ba68f8a3ddaa18af4f658178.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni, video, kolumnistlar
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni, video, kolumnistlar
Konslagerda tug‘ilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
15:39 06.05.2022 (yangilandi: 19:21 06.05.2022) Germaniyada mehnat lagerida tug‘ilgan chaqaloq, qanday tirik qolgani va qanday O‘zbekistonga kelib qolgani va keyingi hayoti haqida batafsil maqolamizda tanishing.
Rustem Menaliyev - fashistlar Germaniyasining asirlar uchun mehnat lagerida tug‘ilgan toshkentlik. G‘alaba kuni arafasida u Sputnik muxibiriga o‘z oilasi, ochlik, mashaqqatli mehnat va qanday qilib Toshkentga kelib qolgani haqida so‘zlab berdi.
Rustem Menaliyev – konslagerning eng jajji sobiq asiri. 1945-yili 20-fevral kuni Germaniya mahbuslar mehnat lagerida tug‘ilgan. Albatta, hikoyamiz qahramoni konslagerdagi hayotiga oid xotiralarni eslay olmaydi. Biroq, u
Sputnik nashriga onasi Nasiya Menaliyeva haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi.
Nasiya Menaliyeva yoshligida Toshkentga kelib qolishini hatto tasavvur ham qilmagan. U ona yurti Qrimda traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan. Ilg‘or ishchi bo‘lgani uchun ko‘plab faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlangan. Ammo, Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan hammasi o‘zgarib ketdi.
“Nemislar onam va boshqa qrimliklarni 1944-yilda vatanidan olib ketgan. Sovet qo‘shinlari yarimrolga yaqinlashgan, qattiq urush ketayotgan vaqtlar. Shu vaqtda nemislar imkon qadar ko‘proq odamlarni olib ketishga harakat qilishgan. Oltitacha kema odamga to‘lgan, lekin bombardimon vaqtida ularning to‘rttasi odamlari bilan cho‘ktirilgan”, - deya onasining hikoyalarini keltiradi Rustem Aka.
Ochlik va barakdagi hayot
Omon qolgan ikkita kemaning odamlari Odessaga olib borishgan. U yerdan Germaniyaga olib ketishgan. Qrimliklar Janubiy Saksoniyaga, Auerbax shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan hududga joylashtirilgan. U yerda nafaqat Sovet Ittifoqi, balki Fransiya va Polshadan kelgan mahbuslar ham bo‘lgan.
Bu vaqtda Nasiya homilador bo‘lgan. Barakdagi qiyin hayotga qaramay, ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirgan.
“Onam mehnat lageridagi hayotini eslashni yoqtirmas edi. Masalan, yaqin atrofda zavod bo‘lgani va unda mahbuslar aviadetallar ishlab chiqargani haqida gapirib bergan. Kechqurun payok tarqatilgan: yorma, bir bo‘lak non va hattoki shakar. Onam urush tugashiga yaqin qolganida nemislar mahbuslarni unutganini ko‘p gapirardi. Ya’ni mahbuslarga ovqat bermay qo‘yishgan”.
Rustem Akaning aytishicha, ochlik davri onasining eng ko‘p xotirasida qolgan davr bo‘lgan. Ochlik sabab minglab odamlar halok bo‘lgan. Birinchi bo‘lib bolalar, albatta.
“Onamning aytishicha, o‘sha payt ikkitagina bola tirik qolgan. O‘shalardan biri men bo‘lganman. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay onam meni qanday dunyoga keltirgani, qanday qilib tirik qolganim menga juda qiziq edi. Bu haqida u hech qachon gapirib bermasdi”.
SSSR g‘alabasidan so‘ng, 1945-yil avgust oyida Janubiy Saksoniyadagi mahbuslarni Germaniyadan chiqarishga tayyorlay boshlashdi. Kimni qayerga jo‘natishni rejalashtirishdi.
“Bizni O‘rta Osiyoga jo‘natadigan bo‘lishdi. Poyezdda olib ketishdi”, -deydi Rustem Menaliyev.
Poyezdda bosib o‘tiladigan yo‘l juda uzoq bo‘lgan. Bu paytda ayol bolasinining qornini to‘ydirishi, yuvintirib olishi kerak edi.
“Vagonda g‘ishtdan qurilgan o‘choq bo‘lgan. qa o‘xshagan narsa qilishgan, kartoshka qaynatish mumkin bo‘lgan. Onam kartoshkadan bo‘tqa qilib, meni boqqan- deydi Menaliyev. - Bir kuni onam suv isitayotganda, poyezd qattiq silkinib ketgan. Qaynab turgan suv onamga to‘qilgan edi”.
Menaliyevlar O‘zbekistonga dekabr oyida yetib kelishgan. Ularga Toshkent viloyatiga joylashtirishgan. Avval ular mahalliy meva-sabzavotlar bilan kun kechirishgan. Keyinchalik Nasiya echki boqadigan bo‘ldi. Rustem akaning aytishicha, aynan echki suti uning sog‘lig‘ini tiklashga yordam bergan.
“Onam hamma narsani echki sutida qaynatardi, hatto kartoshkani ham. Chunki meni to‘yimliroq va kuchliroq ovqatlanishimni xohlardi”, - deb eslaydi qahramonimiz.
Garchi Rustem lagerdagi hayotni aniq va ravshan eslay olmasada, asirlikdagi hayot uning bolalikdagi xulqiga ta’sir qilgan. “Jarohatlangan odamni, qonni ko‘rsam qo‘rqaman. Bolalagimda shovqin-surondan qo‘rqardim, ayniqsa, traktornikidan. Menimcha, bu tankalar va bombalar ovozini kichkinaligimda ko‘p eshitganimdan bo‘lsa kerak”,- deydi u.
O‘zbekistonliklarning iliq munosabati bilan Nasiya va uning farzandining o‘tmishdan qolgan yaralari bitgandek bo‘ldi. Garchi ayol boshida odamlar ularni yaxshi qarshi olmaydi deb qo‘rqqan bo‘lsada. Gap shundaki, Rustem Menaliyev birinchi hujjatini O‘zbekiton SSR da olgan. Menaliyevning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining “Tug‘ilgan joyi” degan bandida Germaniya deb yozilgan. Urushdan so‘ng, ko‘pchilik odamlar agar farzandlari natsistlar hududida tug‘ilgan bo‘lsa, buni sir tutishga harakat qilgan.
“Onam aynan mana shu mening hayotimga ta’sir qilishidan ko‘rqardi”, - deydi Rustem Aka.
Biroq bu borada ular ortiqcha tashvishlanishgan. “Hech kim meni sotqin demagan, mensimasdan munosabatda bo‘lmagan”, - deydi Menaliyev. U maktabda o‘qidi, keyin qurilish texnikumini bitirdi. Armiyada xizmat qildi. Keyin Toshkent politexnika institutida o‘qishga qaror qildi. Maqsadlariga erishdi.
Nasiya Menaliyeva ona sifatida albatta o‘g‘lining yutuqlaridan quvongan. Urush va lagerdagi hayot xotiralari uning bir umr yodida qoldi: masalan, u ochliq davrini hech qachon unutmagan. “Onam ovqat pishirganda juda ko‘p pishirardi”, deydi Rustem. Biroq, ayol urushdan keyingi hodisalarni mo‘jiza deb hisoblagan. Axir eng asosiysi uning farzandi konslagerda omon qoldi, katta bo‘ldi, mutaxasslik egalladi.
Rustam Menaliyev fashist konslagerining voyaga yetmagan sobiq mahbusi sifatida 1941-1945 yillar urush qatnashchilari qatorida turadi.