“Andijon-Xiva” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

© Foto: AO O‘ztemiryo‘lyo‘lovchiPassajirskiy poyezd po marshrutu "Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad"
Passajirskiy poyezd po marshrutu Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysi bilan poyezdlar harakati uzilib qolgani sababli, “Andijon – Xiva” yo‘nalishidagi 654-sonli poyezd harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun Andijon — Xiva yo‘nalishida harakatlanishi kerak bo‘lgan poyezd harakati Farg‘ona vodiysi bilan temir yo‘l aloqasi uzilib qolganligi sababli vaqtinchalik to‘xtatildi.Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
“Poyezdlar harakati jadvaliga ko‘ra Andijon — Xiva yo‘nalishidagi 654-sonli poyezd soat 08:28da harakatlanishi kerak edi. Ushbu reys Toshkentdan tashkillashtirildi. Ya’ni, Toshkentdan Xivaga va ushbu yo‘nalish bo‘ylab yo‘l olgan yo‘lovchilar uchun poyezd belgilangan vaqtda jadvalga muvofiq harakatlanadi”, deyiladi xabarda.
Poyezd “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan soat 15:30 da jo‘naydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Toshkent-Andijon” poyezdlari qatnovi bir kunga to‘xtatilgandi.
Yangiliklar lentasi
0