Xizmat itlari o‘rtasida “Dog biatlon” musobaqasi boshlandi – foto, video

Obuna bo‘lish
9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mazkur musobaqada Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar jamoalari o‘zaro bellashishmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. 4 may kuni Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar o‘rtasida “Dog biatlon” musobaqasi boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mazkur musobaqada Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya hamda Davlat bojxona qo‘mitasi jamoalari o‘z xizmat itlari bilan ishtirok etmoqda.
Jamoalar dastlab “Dog biatlon” shartida o‘zaro bellashishdi. Unga ko‘ra ishtirokchilar 3200 metr masofaga yakka tartibda yugurish bilan birga belgilangan nishonni ham o‘ta aniqlik bilan mo‘ljalga olgan holda vazifalarni yuqori aniqlikda bajarishga harakat qilishdi.
Ta’kidlanishicha, bir nechta shartlarni o‘z ichiga olgan mazkur musobaqa barcha ishtirokchilar uchun o‘zaro bilim, malaka va tajriba almashish imkonini beradi.
“Dog biatlon” musobaqasi 7-may kuniga qadar davom etadi.
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
1/7
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
2/7
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
3/7
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
4/7
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
5/7
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
6/7
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi
“Dog biatlon” musobaqasi  - Sputnik O‘zbekiston
7/7
“Dog biatlon” musobaqasi
Yangiliklar lentasi
0