https://oz.sputniknews.uz/20220505/tez-tibbiy-yordam-xodimlarini-ragbatlantirish-tizimi-yolga-qoyiladi-24379761.html
Tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bemorlar faoliyatini yaxshi baholangan brigadalar xodimlari oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlanadi. 05.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-05T18:50+0500
2022-05-05T18:50+0500
2022-05-05T18:50+0500
jamiyat
tez yordam mashinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/818/30/8183061_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_aa1d4785eaa4a3b6b7e8c09bdada1ef2.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda tez tibbiy yordam brigadalarining 500 dan ortig‘ida vrach yetishmasligi, 6 mingdan ortiq shifokorlar o‘rindoshlik asosida ishlamoqda. Xalqaro tajribada barcha chaqiruvlar uchun ham vrachlar bo‘lishi shart emas.Shu munosabat bilan chaqiruvlarning murakkabligi, dolzarbligi va turiga ko‘ra saralash tizimi joriy etiladi. Yangi tashkil etiladigan Koll-markaz dispetcherlari shunga qarab, vrach yoki feldsherdan iborat tibbiy brigadalarni yo‘naltiradi.Xorijiy tajribada tez yordam feldsheri bir vaqtning o‘zida haydovchi hisoblanadi. Shu bois, yangi o‘quv yilidan tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlar bir vaqtning o‘zida haydovchilikka ham o‘rgatiladi.Bunda, har chorak yakunida faoliyati bemorlar tomonidan yaxshi baholangan brigadalar xodimlari oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/818/30/8183061_117:0:1182:799_1920x0_80_0_0_1abe41f7c3cdc6784d54023b30314980.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tez yordam mashinasi
jamiyat, tez yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Bemorlar faoliyatini yaxshi baholangan brigadalar xodimlari oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlanadi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda tez tibbiy yordam brigadalarining 500 dan ortig‘ida vrach yetishmasligi, 6 mingdan ortiq shifokorlar o‘rindoshlik asosida ishlamoqda. Xalqaro tajribada barcha chaqiruvlar uchun ham vrachlar bo‘lishi shart emas.
Shu munosabat bilan chaqiruvlarning murakkabligi, dolzarbligi va turiga ko‘ra saralash tizimi joriy etiladi. Yangi tashkil etiladigan Koll-markaz dispetcherlari shunga qarab, vrach yoki feldsherdan iborat tibbiy brigadalarni yo‘naltiradi.
Xorijiy tajribada tez yordam feldsheri bir vaqtning o‘zida haydovchi hisoblanadi. Shu bois, yangi o‘quv yilidan tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlar bir vaqtning o‘zida haydovchilikka ham o‘rgatiladi.
“Shu bilan birga, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni bemorlar tomonidan xolis baholash orqali tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, - deyilgan xabarda.
Bunda, har chorak yakunida faoliyati bemorlar tomonidan yaxshi baholangan brigadalar xodimlari oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlanadi.