Madaniyat

Saksofonchi Igor Butman Toshkentda master-klass oʻtkazdi – video

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka oʻtishMuzыkant Igor Butman vo vremya vыstupleniya na sovmestnom kontserte Simfonicheskogo orkestra Yuriya Bashmeta i Moskovskogo djazovogo orkestra Igorya Butmana v ramkax XV Zimnego mejdunarodnogo festivalya iskusstv v Sochi.
Muzыkant Igor Butman vo vremya vыstupleniya na sovmestnom kontserte Simfonicheskogo orkestra Yuriya Bashmeta i Moskovskogo djazovogo orkestra Igorya Butmana v ramkax XV Zimnego mejdunarodnogo festivalya iskusstv v Sochi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Musiqachilar Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida oʻtkazilayotgan oltinchi xalqaro Oʻzbekiston jazz festivalida ishtirok etmoqda.
TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Mashhur rus saksofonchisi Igor Butman Moskva jazz orkestri bilan Oʻzbekistonga keldi. Musiqachi poytaxt -Toshkentda mahalliy saksafonchilar uchun mahorat darsi oʻtkazdi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston muxbiri xabar berdi.
“Kelganimdan juda xursandman, barchangizni koʻrganimdan, mahorat darsi oʻtkazayotganimdan, jazz va saksafonga ishtiyoqi baland qanchadan-qancha ajoyib yosh musiqachilarni koʻrganimdan xursandman”, – dedi Igor Butman.
Musiqachilar Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida oʻtkazilayotgan oltinchi xalqaro Oʻzbekiston jazz festivalida ishtirok etmoqda.
Festival ishtirokchilari anʼanaviy ravishda turli mamlakatlarning koʻplab jaz yulduzlaridan iborat boʻlib, ular nafaqat oʻz mahoratlarini namoyish etish, balki aloqalarini kengaytirish va xalqaro jaz jamiyatiga aʼzo boʻlish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishgan. Ular orasida Igor Butman va rus jaz orkestridan tashqari Tim Byorner (Germaniya), Vendetta Jinetti (AQSH), Trio Gregori kabi mashhur sanʼatkorlar ham bor.
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston xalqaro jaz bayramida 2015 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Bu galgi festival doirasida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻzbekistonlik va xorijlik jaz ijrochilarining 20 ga yaqin kontserti boʻlib oʻtadi va ular asosiy makonga aylangani holda jazning 85 yilligini nishonlaydi. Shuningdek, Xiva shahrining Ichon qalʼasida ochiq havoda, Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida, Buxoro shahridagi musiqali drama teatri va Ilxom teatrida kontsertlar namoyish etilmoqda.
Bundan tashqari, Uspenskiy nomidagi musiqa kolleji, Toshkent tsirk kolleji, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkentdagi “Bonum Faktum” galereyasi va “Maqom” barida, shuningdek, Buxorodagi musiqa kollejida mahorat darslari va musiqa mashgʻulotlari tashkil etilyapti.
Igor Butman Sputnik O`zbekiston muxbiriga Fargʻonadagi yoshlar kontsertlari va oʻzbekistonlik yosh jazzmenlarning salohiyati haqida gapirib berdi.
Yangiliklar lentasi
0