Rim papasi nima uchun “NATOning akillayotgani”ni eslatib qo‘ydi?

© AP Photo / Remo CasilliPapa Fransisk sovershayet Svatuyu Messu dlya veruyushix jiteley Myanmi v Vatikane
Papa Fransisk sovershayet Svatuyu Messu dlya veruyushix jiteley Myanmi v Vatikane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
Katoliklar va pravoslavlar ming yillik qarama-qarshiliklarga qaramay, bugun ko‘p jihatdan ittifoqchilar bo‘lib chiqdi. Chunki ularning ikkisi ham diniy, an’anaviy qadriyatlarni himoya qiladi, oila va insoniyatning an’anaviy vadriyatlarini hurmat qiladi.
Rim pontifigi Fransisk Ukrainaga qurol yetkazib berish kerakligiga shubha bildirdi. Hatto “NATOning Rossiya chegarasi yaqinida vovullashini” ham to‘qnashuvga va Putinning munosabatiga sabab bo‘lganini ham istisno etmasligini bayon qildi. Buni Rim Papasi Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida aytdi va G‘arb olamini hayratga soldi.
“Men NATOning Rossiya eshiklari oldida akillagani Kreml hukmdori xurishlarga yomon munosabatda bo‘lishga va mojaroga kirishishga sabab bshlganini istisno etmayman.<...> Bu g‘azab atayin qo‘zg‘atilganmi, yo‘qmi bilmayman. Buni o‘zimdan tez-tez so‘rayman. Ammo kimdir bu g‘azabni kuchayishiga yordam bergani aniq”.
Gap katolik olami (e’tiqod qiluvchilarning soni 1,2 milliard) rahbarining to‘satdan Rossiyani qo‘llab – quvvatlashga o‘tgani haqida emas – albatta, yo‘q. Fransisk urushni qoralaydi va hatto Rossiya prezidentini qo‘shinlarni to‘xtatishga ishontirish uchun Moskvaga tashrif buyurishni istayotganini ham aytdi. Ammo Rossiyani ayblayotgan Rim papasi bir vaqtning o‘zida G‘arbni ham urushda ayblayapti.
Bu esa Rossiyani nafaqat yakkalab qo‘yish, balki mag‘lub qilish zarurligini aytgan anglo-sakson rahbarlarining manfaatlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, AQSh rahbariyatida tarixda birinchi marta uchta katolik - Jo Bayden va vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yuqori lavozimni egallab turibdi. Gap ularning qanchalar e’tiqodli inson va namunali katolik ekanliklarida ham emas. Gap shundaki, ular ommaviy ravishda papa Fransiskning yuqori obro‘-e’tiborini doimo tan olgan.
Shundan aniq bo‘ladiki, katolik cherkovi rahbari faqat Rossiyani yakkalash aybi bilan chiqmayapti, balki bu to‘nashuvda G‘arbning ham aybi borligini aytmoqda.
Aslida Vatikanning pozitsiyasi hayratlanarli emas - umuman Vatikan va papa Fransisk ham anchadan buyon globalizatsiyaning anglo-saksoncha turini qo‘llab-quvvatlab keladi. Katolik cherkovining butun dunyo bo‘yicha o‘z loyihasi bor, anglo-sakson loyihasi esa protestant messianizmidan kelib chiqqan. Va Fransiya inqilobidan buyon u katoliklarni muvaffaqiyatli tarzda siqib chiqarib kelyapti. Bu birinchi navbatda ayniqsa Ikkinchi Jahon urushidan beri pozitsiyasi sustlashib ketayotgan Vatikanda sodir bo‘lyapti.
Oqibatda katolitsizm oxir-oqibat protestantizm bilan emas, balki har qanday diniy qadriyatlarni rad etadigan va o‘ta qudratli odamga sig‘inadigan aksilxristianlik postgumanizmi bilan almashtiriladi.
Fransiskning “erkin bozor”ni doimiy tanqid qilishi, bozor kapitalizmining “sehrli nazariyalari” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini bot-bot takrorlashi, hozirgi zamonning faqat ozchilikni boy qiladigan, qashshoqlikni ko‘paytiradigan tizim o‘rniga adolatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga chaqirishi bejizga emas. Papaga G‘arbning o‘z ustunligiga o‘ta qattiq ishonishi yangi “salib yurishlarini” tashkillashtirib boshqa xalqlar va sivilizatsiyalarga o‘rgatish va jazolashga haqqim bor deb o‘ylashi ham yoqmaydi. Bundan tashqari, papa Fransisk pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun Ispaniyaning Cadena COPE radiosiga bergan intervyusida o‘z yoqtirgan iqtibosni keltirgan:
“Tashqaridan birovning qadriyatlarini singdirishdek mas’uliyatsiz siyosatni, o‘zgalarning tarixiy, milliy, diniy va boshqa qadriyatlarni mensimasdan o‘z demokratiya modellarini o‘rnatishni to‘xtatish kerak”.
Papaning ma’lum qilishicha, bu u “dunyodagi eng buyuk davlat arboblaridan biri” deb atagan Angela Merkelning so‘zlari. Va bu so‘zlar AQSh Afg‘onistondan qo‘shin olib chiqqanidan keyin dunyoga yuzaga kelgan vaziyatga uning munosabatini ham bildiradi. (aynan bu haqida ham undan so‘rashgandi).
Iqtibos rostdan ham yaxshi, biroq gap shundaki buni kansler emas, balki kanslerni Moskvada kutib olgan Vladimir Putin aytgan edi. Va buni u faqat Afg‘oniston haqida emas, balki bir necha marotaba ta’kidlagan.
Ya’ni Moskva va Vatikanning anglo-sakson globallashuviga munosabatlari ko‘ringanidan ancha yaqinroq. Va bular faqat “global yaxshilik” kuchlarining qattiq buyruqlariga qarshi bo‘lgani uchun emas.
Balki katoliklar va pravoslavlar farqlar va o‘z davrida katolik G‘arb tomonidan “pravoslav sxizmatiklar”ning ming yillik qarama-qarshiliklarga qaramay, bugungi kunda ko‘p jihatdan ittifoqchilar bo‘lib chiqdi. Chunki ular diniy, an’anaviy qadriyatlarni himoya qiladi, oila, insoniyaning an’anaviy turmush tarzi, adolati va xilma-xilligini hurmat qiladi.
Iyezuit Bergolio insoniyat sivilizatsiyalarining murakkabligi va xilma-xilligi himoyachisimi? Ha, bu ba’zilar uchun paradoks bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo umumiy insoniylikdan chiqishni ko‘zlagan rejalarini “erkinlik va demokratiya” ta’limoti deb niqoblagan kuchlarga qarama-qarshi turib Vatikan muqarrar ravishda barrikadalarning bir tomonida Muqaddas Rus bilan qoladi. Tarixning g‘alatiligimi? Yo‘q, uning yangi burilishi degani. Unda kechagi murosasiz raqiblar yaqinlashib kelayotgan falokatni birgalikda to‘xtatish uchun o‘z kelishmovchiliklarini chetga surib qo‘yishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0