Qoraqalpog‘istonga saqoqushlar uchib keldi - foto

Obuna bo‘lish
“Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasining xodimlari Qizil kitobiga kiritilgan saqoqushlar galasini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasiga saqoqushlar uchib keldi. Bu haqda qo‘riqxona matbuot xizmati xabar berdi.
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi inspektorlari qo‘riqxona hududida muntazam ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
O‘rganishlar jarayonida hududda turli jonivorlar, qushlar aniqlanib, inspektorlar tomonidan fotokameralarga muhrlandi.
“Qo‘riqxona xodimlari tomonidan navbatdagi monitoring ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida pushti saqoqushlar galasini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lindi”, - deyiladi xabarda.
Pushti saqoqush zaif, qisqarib borayotgan, uchib o‘tuvchi-uyalovchi tur sanaladi. Bu qush O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qo‘riqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qo‘riqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qo‘riqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qo‘riqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Ma’lumot uchun, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi Qoraqalpog‘istonda joylashgan. Uning umumiy maydoni 280 507 gektarga teng.
Hozirda qo‘riqxona xodimlari suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta ko‘paytirish kabi ishlar bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0