Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Piyozning noodatiy foydali jihati ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Muntazam piyoz iste’mol qilish immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi.
"Turkiye" nashrining ma’lum qilishicha, xom piyozni iste’mol qilish salomatlik uchun juda foydali. Shuningdek, bitta piyozni to‘rtga bo‘lib uxlashdan oldin karavot yaqiniga qo‘yilsa, salomatlik uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sabzavot mikroblarni yo‘qotadi, tetiklik hissini uyg‘otadi
Antioksidant xususiyatga ega. Infeksion kasalliklarga chalinganda, nafas olishga, yo‘talni davolashda yordam beradi.
Piyoz tarkibida A, V va S guruhi vitaminlari bor. U oltingugurt, kalsiy, yod va temir moddalarining manbai. A vitamini faqatgina immunitetni mustahkamlab qolmay, ko‘rish qobiliyati salomatligini ham saqlaydi. Oltingugurt moddasi gipertoniya paydo bo‘lishiga qarshi kurashadi.
Yangiliklar lentasi
0