Bahor havosi: bir necha hududlarda sel keldi - video

© Uzb-MeteoPosledstviya seli v Djizzakskoy oblasti
Posledstviya seli v Djizzakskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
Bu yilgi bahor havosi noodatiy hodjisalarga boy bo‘ldi. Surxondaryo,, Qashqadaryo, Jizzax va boshqa viloyatlarning tog‘li hududlarida ko‘plab suv bosishi va sel kelish hodisalari kuzatildi.
TOShKENT, 5-may - Sputnik. O‘tgan bir ikki kunda O‘zbekistonning turli hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishi hamda suv bosishi kuzatildi. Bu haqida Uzb_Meteo telegram kanali hamda mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan foto va videolardan ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryoning Uzun tumanidagi "Kichik Jonchekka" hamda "Dehqon" MFYda sel kelgan.
Shuningdek, "Boysun bahori" festivali o‘tkaziladigan hududni ham suv bosgan. Lekin "O‘zgidromet" 6-8 may kunlari Surxondaryoda yog‘ingarchilik bo‘lmasligini xabar qilmoqda.
Yana Boysundan video.
Surxondaryo viloyati shimolida 4-may oqshom va ertalab tinimsiz yog‘gan yomg‘ir oqibatida Xalqajarsoy soyidan suv toshqini o‘tishiga olib keldi.
Jizzaxning Zomin tumanidagi Pishog‘ar, Achchi, Sho‘rcha qishloqlaridan o‘tgan soylarga sel keldi. "Jizzax-Zomin" avtomobil yo‘li ostidan o‘tgan quvurlarga sig‘may yo‘l ustidan o‘tgan va yo‘lni sel oqiziqlari bilan yuvib o‘tgan. FVV qutqaruvchilari selda oqib ketayotgan "Pishog‘ar" qishlog‘ida istiqomad qiluvchi 20 yoshli fuqaroni suvdan qutqarib olishgan.
Shuningdek, Toshkent va Andijonda ham ayrim hududlarni suv bosgani xabar qilingan.
Favqulodda Vaziyatlar vazirligi o‘tgan tunda "Qamchiq" dovonini bir muddatga yopib qo‘ygani va keyin qayta ochilgani haqida xabar qilgan edi.
Mahalliy OAVlar Qamchiq dovoni orqali yuradigan "Toshkent - Andijon" tezurar poyezdi qatnovi ham vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0