Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Azov*” tinch aholini oziq-ovqatga almashtirishni taklif qilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVid Mariupolya v storonu metallurgicheskogo kombinata "Azovstal", na territorii kotorogo yeshe ostayutsya boysi ukrainskix natsionalisticheskix batalonov.
Vid Mariupolya v storonu metallurgicheskogo kombinata Azovstal, na territorii kotorogo yeshe ostayutsya boysi ukrainskix natsionalisticheskix batalonov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
“Azovstal” katakombalarida bugung 200ga yaqin tinch aholi vakillari bor. Ular orasida ayollar, bolalar va qariyalar bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 5-may - Sputnik. “Azovstal” zavodining yer osti inshootlarida bir necha kundan beri yashirinib olgan ukrainalik millatchi jangarilar u yerda garovda ushlab turilgan tinch aholini oziq-ovqat va dori-darmonga almashishni taklif qilishdi, dedi RIA Novostiga korxonani operatsiya shtabi vakili.
"Biz u yerda qolib ketgan tinch aholini qutqarish uchun “Azov*” natsistlari va Ukraina Xavfsizlik xizmati vakillari bilan aloqalarni davom ettirishimiz kerak. Muzokaralar davomida ular bizga tinch aholini oziq-ovqat va dori-darmonga almashtirishni taklif qilishdi. O‘n besh nafar garovga olingan shaxs evaziga ular bir tonna oziq-ovqat va dori darmon talab qilishmoqda. Ular hech kimni Ukrainaga chiqarib yubormasligini va bundan buyon faqat almashtirishini ma’lum qilishdi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Shtab vakilining so‘zlariga ko‘ra “Azovstal” katakombalarida 200ga yaqin tinch aholi vakillari bor. Ular orasida ayollar, bolalar va qariyalar bo‘lishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyada IShID terrorchilari bilan muzokaralar olib borganlarida ham xuddi shunday usullar qo‘llanilgan edi. Ular ham garovga olingan shaxslarning vazniga yarasha oziq-ovqat talab qilishgan.
Eslatib o‘tamiz Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Marupol shahrini 7-mart kuni qurshab olishgan edi. 21-aprel kuni Sergey Shoygu shahar to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi, biroq Azovstal zavodida millatchi “Azov”* batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolmoqda. Prezident Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni to‘xtatishni, ammo "hatto chivin uchib chiqa olmaydigan darajada” to‘sib qo‘yishni buyurgan edi.
Millatchilar zavodda tinch aholini garov sifatida ushlab turishibdi. Rossiya qo‘shinlari ularni ozod qilish uchun 30-aprel va 1-may kunlari gumanitar yo‘laklar ochgan edi. O‘tgan hafta oxirida yuzdan ortiq odam Azovstalni tark etdi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

KengaytirishYig‘ishtirish
* Rossiyada terrorchi deb tan olingan va ta’qiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0