https://oz.sputniknews.uz/20220505/abrorjon-polatov-milliy-media-assotsiatsiyasiga-bosh-direktor-boldi-24374234.html
Abrorjon Po‘latov Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor bo‘ldi
Abrorjon Po‘latov Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Kuni kecha O‘zEOAVMA O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. 05.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-05T17:23+0500
2022-05-05T17:23+0500
2022-05-05T17:23+0500
siyosat
milliy media assotsiatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24373973_0:138:791:582_1920x0_80_0_0_eeda2a862e2511a25effdc1d0a31b320.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Abrorjon Po‘latov O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlandi.Assotsiatsiya matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda Sherzodxon Qudratxo‘ja boshchiligida yangi jamoa shakillantirilmoqda.Abror Po‘latov 1986-yil 12-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008-yil O‘zMU Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.Po‘latov 2007-2019 yillarda IIV Transport IIBB , "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi matbuot kotibi, “Avtoradio media” xususiy korxonasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi lavozimida ishlagan.Tayinlovga qadar O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.Qayd etish joiz, kuni kecha O‘zEOAVMA O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi so‘z va ovoz ahli uchun yangi platforma sifatida vujudga keladi.Yangi platforma o‘z safiga yana ko‘plab yangi a’zolarni qabul qiladi. U media vakillarining muloqot qiladigan, o‘zaro fikr almashadigan maydonga aylanadi.Shuningdek, endilikda mediakontent tayyorlashda me’daga tega boshlagan ko‘ngilochar dasturlardan tahliliy, mushohada qilishga undaydigan ko‘rsatuvlar tayyorlanishiga e’tibor qaratiladi.Ma’lumot uchun, O‘zEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Hozirda O‘zEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, O‘zbekiston kabel televideniyesiga a’zo bo‘lgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni o‘z ichiga oladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24373973_0:64:791:657_1920x0_80_0_0_da493cd3bcede4a88c7c3536a1372bf4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, milliy media assotsiatsiyasi
siyosat, milliy media assotsiatsiyasi
Abrorjon Po‘latov Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor bo‘ldi
Kuni kecha O‘zEOAVMA O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Abrorjon Po‘latov O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlandi.
Assotsiatsiya matbuot xizmatining
Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda
Sherzodxon Qudratxo‘ja boshchiligida yangi jamoa shakillantirilmoqda.
Abror Po‘latov 1986-yil 12-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008-yil O‘zMU Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Po‘latov 2007-2019 yillarda IIV Transport IIBB , "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi matbuot kotibi, “Avtoradio media” xususiy korxonasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qayd etish joiz, kuni kecha O‘zEOAVMA O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi so‘z va ovoz ahli uchun yangi platforma sifatida vujudga keladi.
Yangi platforma o‘z safiga yana ko‘plab yangi a’zolarni qabul qiladi. U media vakillarining muloqot qiladigan, o‘zaro fikr almashadigan maydonga aylanadi.
Shuningdek, endilikda mediakontent tayyorlashda me’daga tega boshlagan ko‘ngilochar dasturlardan tahliliy, mushohada qilishga undaydigan ko‘rsatuvlar tayyorlanishiga e’tibor qaratiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Hozirda O‘zEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, O‘zbekiston kabel televideniyesiga a’zo bo‘lgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni o‘z ichiga oladi.