https://oz.sputniknews.uz/20220504/shavkat-mirziyoev-emomali-rahmonni-ozbekistonga-taklif-qildi-24355183.html
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi. 04.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-04T17:24+0500
2022-05-04T17:24+0500
2022-05-04T17:24+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19211807_0:267:3077:1998_1920x0_80_0_0_9a8623e80adea6561b7ea8c17cc97601.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Yetakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalari va boshqa yo‘nalishlarda ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.Mirziyoyev va Rahmon hududlar o‘rtasidagi faol muloqotlarni va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini ta’kidlashdi.O‘zaro loyihalar va ko‘p qirrali hamkorlik dasturlarini jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etgan.Bundan tashqari, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishgan va bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishgan.Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 2021-yil 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘lgan edi. Tashrif davomida energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘-kon va yengil sanoat, fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19211807_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_e574d0bf8c8401a28ba6d5dc44cce3ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon
siyosat, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Yetakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalari va boshqa yo‘nalishlarda ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Mirziyoyev va Rahmon hududlar o‘rtasidagi faol muloqotlarni va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini ta’kidlashdi.
O‘zaro loyihalar va ko‘p qirrali hamkorlik dasturlarini jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etgan.
“Tashrifning aniq muddatlari diplomatik aloqalar orqali kelishiladi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishgan va bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 2021-yil 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘lgan edi. Tashrif davomida energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘-kon va yengil sanoat, fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolangan edi.