Sergeliga yangi yo‘l ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka
V Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Endi Sergeliga tirbandlikka tushmay yetib borish mumkin, chunki ushbu tumanni shahar markazi bilan ikkita ko‘cha bog‘laydi.
TOShKENT, 4-may - Sputnik. Hayit kunlarida Toshkent shahrida yana bir majmua – yangi yo‘l va ko‘priklar ochildi, prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu transport inshootini borib ko‘rdi.
Yangi yo‘l Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Usmon Nosir ko‘chalari bilan samarali bog‘ladi. Yangi yo‘l Uning qurilishi 2020-yil avgustda boshlangan edi. Loyiha doirasida 6,5 kilometr uzunlikdagi 6 tasmali avtomobil yo‘li, 6 ta ko‘prik qurildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka
V Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
V Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka
Yangi qurilgan yo‘l soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega. Bu tirbandlik muammosini bartaraf etib, poytaxt aholisiga juda katta qulaylik yaratadi.
Ko‘priklar, ularga chiqish-tushish qismlari oqilona loyihalashtirilib, mavjud yo‘llarga svetoforsiz ulangan. Natijada avtotransportlar boshqa yo‘llardagi qatnovga to‘xtovsiz, qulay tarzda qo‘shilib ketishi mumkin.
Shu paytgacha Sergeli tumanidan shahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yo‘l – Yangi Sergeli ko‘chasi orqali harakatlanar edi. Soatiga 4 mingta avtotransport qatnoviga mo‘ljallangan bu yo‘lda aslida yuklama bundan katta, shu bois ertalab va kechki paytlarda juda tirband bo‘lardi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka
V Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
V Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka
Shavkat Mirziyoyev yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
– Hamma joyda yo‘l qurib yoki kengaytirib bo‘lmaydi. Ko‘p narsa qatnovni to‘g‘ri tashkil etishga ham bog‘liq. Endi yo‘llarning, chorrahalarning o‘tkazuvchanligini oshirish, raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz shu yerda toshkentlik nuroniylar, jamoatchilik faollari bilan suhbatlashdi.
– Milliy qadriyatimizga ko‘ra, yo‘l va ko‘prik qurish – savob. Odamlarning uzog‘ini yaqin qiladigan bu yo‘l hozirgi ulug‘ ayyom kunlarida ochilayotgani ham quvonarli. Ilgari "Sergelida 10 ta uy qursa bo‘ladimi" deganda hech kim ishonmasdi. Oxirgi besh yilda Sergeli va Yangihayot tumanlarida 800 ga yaqin ko‘p qavatli uylar qurildi, qariyb 100 ming aholi boshpanali bo‘ldi. Mana endi yo‘llari ham rivojlanyapti. Hozir mutaxassislar bilan keyingi loyihalar bo‘yicha ham maslahatlashib oldik. Ularni vaqti bilan, mehnatimiz bilan, tinchlik-osoyishtalikda amalga oshira olamiz, - dedi davlat rahbari.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s razvazkoy, soyedinyayushey Sergeliyskiy i Yakkasarayskiy rayoni
Prezident oznakomilsya s razvazkoy, soyedinyayushey Sergeliyskiy i Yakkasarayskiy rayoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Prezident oznakomilsya s razvazkoy, soyedinyayushey Sergeliyskiy i Yakkasarayskiy rayoni
Yangiliklar lentasi
0