Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yong‘inda qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Burov / Mediabankka o‘tishPojar v Novoy Moskve
Pojar v Novoy Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Moskvada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yong‘in vaqtida lift ichida qamalib qolib vafot etdi.
TOShKENT, 4-may - Sputnik. Moskvada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi, ularda 2 nafari O‘zbekiston fuqarolari, deb xabar qilmoqda "112" telegram kanali.
Ma’lum bo‘lishicha, Mitishi shaharchasidagi 9-qavatli uylarning birida kuchli yong‘in chiqqan. Ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari yong‘in vaqtida lift ichida qamalib qolishgan va havo yetishmasligidan qurbon bo‘lgan.
Yong‘in ushbu uydagi xonadonlardan birida chiqqan. Xonadon egasi, 58 yoshli Rossiya fuqarosi sigareta bilan uxlab qolgan. Yong‘indan qutilmoqchi bo‘lgan uy egasi 4 qavatdan pastga sakragan. U keyinchalik shifoxonada olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0