Rossiya muftiysi MDH musulmonlarini tabrikladi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya muftiysi Moskva Jome masjidida Rossiya muftiysi musulmonlarni tabrikladi.
Rossiya muftiysi Ravil Gaynutdin, bugun Moskva Jome masjidida bo‘lib o‘tgan hayit namozi vaqtida Rossiya va MDH musulmonlarini tabrikladi.
“Ishonchim komilki bizning umumrossiya jamoatchiligimiz
Ramazon oyida Muqaddas Qur’on kitobi Ollohu taolloh tomonidan insoniyatga yo‘riqnoma bo‘lish uchun jo‘natilgan edi. Biz hayotimizda to‘g‘ri yo‘ldan yurish, shayton yo‘liga kirmasligimiz uchun, insoniyatga ro‘za amalini bajarish topshirilgan.
Men Rossiya va MDH davlatlari musulmonlarini ushbu bayram munosabati bilan tabriklayman va Ollohdan bizlar uchun tinchlik, totuvflik farovonlik va oq fotiha tilayman. Yaqinlarimizga sog‘liq-omonlik va omad tilayman.
Men shuningdek barchamizga ushbu muqaddas kunlarda erishgan toza tanamiz, toza ruhimiz va toza yuragimizni kelajakda ham saqlab qolishni, va barcha harakatlarimizni ezgulik, bag‘rikenglik va rahmdillikka yo‘naltirishni tilayman. Chunki bugun butun dunyoga ushbu tuyg‘ular juda kerak. O‘z uylarini toshlab ketishga majbur bo‘lgan qochqinlar ayniqsa muhtoj”, - deb so‘zini akunladi muftiy.
Moskva shahar muftiysi Ilyas Alyautdinov ham barcha musulmonlarga tinchlik, xotirjamlik va sho‘aro totuvlik tiladi.
Erta tongdan musulmonlar bayramona liboslarda masdjidlarga to‘planishdi. Bu yil pandemiyadan so‘ng ilk bor barcha masjidlarda karantin cheklovlarisiz to‘planishga ruxsat berishdi.
Moskva Jome masjidida ham, pandemiyadan oldingi yillarda bo‘lgani kabi, o‘n minglab musulmonlar to‘planishdi. Masjid ichiga sig‘maganlar uning oldidagi maydon va ko‘chalarda ham joylashiishdi.
Yangiliklar lentasi
0