Putin musulmonlarni Ramazon hayit bilan tabrikladi

© Sputnik / POOLPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin tabrik so‘zida musulmonlarning Rossiya hamjamiyatiga qo‘shayotgan hissasi haqida gapirdi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqida Kreml mtabuot xizmati xabar qilmoqda.
"Aziz do‘stlar, Sizlarni Ramazon hayiti bilan tabriklayman.
Muborak Ramazon oyi tugashini bildiruvchi bu qadimiy bayram, har bir musulmon uchun insonparvarlik g‘oyalari, taqvodorlik va mehr-muruvvatga sodiqlik ramzidir. U musulmonlarni islom dinining asl sarchashmalariga, barcha jahon dinlari zamirida yotgan yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga qaytaradi.
Rossiya musulmonlari bardavom ma’naviy qadriyatlarga tayangan holda jamiyatda millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, madaniy xilma-xillikni saqlash, mamlakatimizning ustuvor manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Sizga sihat-salomatlik, baxt, kuch va yaxshi, ezgu ishlarni amalga oshirish uchun kuch tilayman", - deyilgan Rossiya prezidentiing tabrik so‘zida.
Turli manbaalarda keltirilishiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 20 millonga yaqin musulmonlar istiqomat qiladi. Umumiy aholi ulushida musulmonlar soni oshib borishi kuzatilmoqda. Rossiya muftiysi Ravil Gaynutdin aytishiga ko‘ra 2035-yilga kelib Rossiya aholisi ulushida musulmonlar soni 30%ga yetishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0