https://oz.sputniknews.uz/20220502/eng-katta-boylik---bilim-va-tarbiya-prezident-tabrigi-24322649.html
"Eng katta boylik - bilim va tarbiya". Prezident tabrigi
"Eng katta boylik - bilim va tarbiya". Prezident tabrigi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident o‘zining Ramazon tabrigida bilim va tarbiyani eng katta boylik deb atadi. 02.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-02T11:47+0500
2022-05-02T11:47+0500
2022-05-02T11:47+0500
jamiyat
prezident
ramazon hayiti
tabrik
shavkat mirziyoyev
yoshlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24207079_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_10414903207a6cfb28fbfe9b5ce606cc.jpg
TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Ramazon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan tabrik so‘zida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi.Bu borada boy milliy an’analarimiz asosida shakllangan o‘zbekona tarbiya bilan birga bizga yaqin do‘st va xayrixoh bo‘lgan davlatlardagi ilg‘or hamda zamonaviy ta’lim tajribalaridan oqilona foydalansak, ko‘zlagan ulug‘ maqsadlarimizga albatta yetamiz", - dedi prezident tabrik so‘zida. Shavkat Mirziyoyev, o‘z tabrik so‘zida ham o‘zbekistonlik ham dunyoning boshqa davlatlaridagi musuulmonlarni qayd etib o‘tdi. "Fursatdan foydalanib, dunyoning uzoq va yaqin mamlakatlaridagi barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va ravnaq tilaymiz, - dedi Shavkat MirziyoyevShavkat Mirziyoe o‘z so‘zida bu yilgi Ramazon bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” g‘oyasi ostida o‘tayotganini va respublikada "Yangi O‘zbekiston" taraqqiyot strategiyasi asosida keng ko‘lamli ijtimiy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotganini hamda madaniy va diniy qadriyatlar tiklanayotganini qayd etib o‘tdi.Xususan, ziyoratgohlar obodonlashtirilayotgani - batafsil aytib o‘tildi: Buxoroda – yetti ulug‘ pir, Surxondaryoda – Imom Termiziy ziyoratgohlari, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy, Toshkent viloyatida – Zangi ota, Namanganda – Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida – Suzuk ota yodgorlik majmuasi kabi mo‘’tabar maskanlar har tomonlama obod qilingan.Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan bu yilgi Ramazon hayiti bayrami O‘zbekistonda boshqa dam olish va bayram kunlariga ulanib ketgan. Natijada 1-9 may oralig‘ida O‘zbekistonda uzuluksiz 5 (yoki 6) kun dam oliish kunlari bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24207079_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_94eebbd075e6697a60dc23d8cadf905e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, ramazon hayiti, tabrik, shavkat mirziyoyev, yoshlar
jamiyat, prezident, ramazon hayiti, tabrik, shavkat mirziyoyev, yoshlar
"Eng katta boylik - bilim va tarbiya". Prezident tabrigi
Prezident o‘zining Ramazon tabrigida bilim va tarbiyani eng katta boylik deb atadi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Ramazon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan tabrik so‘zida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini
aytib o‘tdi.
"Hech qachon unutmaylik, dunyodagi o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan eng katta boylik bu – bilim va tarbiyadir.
Bu borada boy milliy an’analarimiz asosida shakllangan o‘zbekona tarbiya bilan birga bizga yaqin do‘st va xayrixoh bo‘lgan davlatlardagi ilg‘or hamda zamonaviy ta’lim tajribalaridan oqilona foydalansak, ko‘zlagan ulug‘ maqsadlarimizga albatta yetamiz", - dedi prezident tabrik so‘zida.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z tabrik so‘zida ham o‘zbekistonlik ham dunyoning boshqa davlatlaridagi musuulmonlarni qayd etib o‘tdi.
"Fursatdan foydalanib, dunyoning uzoq va yaqin mamlakatlaridagi barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va ravnaq tilaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev
<...> Muhtaram yurtdoshlarim! Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Bayram shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon bo‘lsin!", - dedi prezident.
Shavkat Mirziyoe o‘z so‘zida bu yilgi Ramazon bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” g‘oyasi ostida o‘tayotganini va respublikada "Yangi O‘zbekiston" taraqqiyot strategiyasi asosida keng ko‘lamli ijtimiy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotganini hamda madaniy va diniy qadriyatlar tiklanayotganini qayd etib o‘tdi.
Xususan, ziyoratgohlar obodonlashtirilayotgani - batafsil aytib o‘tildi: Buxoroda – yetti ulug‘ pir, Surxondaryoda – Imom Termiziy ziyoratgohlari, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy, Toshkent viloyatida – Zangi ota, Namanganda – Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida – Suzuk ota yodgorlik majmuasi kabi mo‘’tabar maskanlar har tomonlama obod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan bu yilgi Ramazon hayiti bayrami O‘zbekistonda boshqa dam olish va bayram kunlariga ulanib ketgan. Natijada 1-9 may oralig‘ida O‘zbekistonda uzuluksiz 5 (yoki 6) kun dam oliish kunlari bo‘ladi.