Toshkentdan Misrdagi kurort shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishSamolet v nebe, illyustrativnoe foto
Samolet v nebe, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent-Sharm al-Shayx-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7-maydan muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Uzbekistan Airways 7-mayidan boshlab O‘zbekiston va Misr hududlari o‘rtasidagi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkentdan jo‘nab ketish: 09:00 (Toshkent vaqti)
Sharm al-Shayxga yetib borish: 11:50 (Sharm al-Shayx vaqti)
Sharm al-Shayxdan jo‘nab ketish: 13:20 (Sharm al-Shayx vaqti)
Toshkentga yetib borish: 21:30 (Toshkent vaqti).
Yangiliklar lentasi
0