https://oz.sputniknews.uz/20220501/registratsiyasiz-15-kun-putin-ozbekiston-bilan-bitimni-ratifikatsiya-qildi-24316848.html
"Registratsiyasiz 15 kun": Putin O‘zbekiston bilan bitimni ratifikatsiya qildi
"Registratsiyasiz 15 kun": Putin O‘zbekiston bilan bitimni ratifikatsiya qildi
Sputnik O‘zbekiston
Putin O‘zbekiston bilan bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
2022-05-01T16:44+0500
2022-05-01T16:44+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiya
o‘zbekiston
migrantlar
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23956488_0:137:3153:1910_1920x0_80_0_0_29552a20674b5b927b32aafdb383882d.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada majburiy ro‘yxatga olinishi (registratsiya) ushbu mamlakatga kirgan kundan boshlab 15 kungacha uzaytirildi. Bunday tartib O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolariga nisbatan amal qiladi. Ilgari O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirgandan keyin 7 kun ichida, O‘zbekistonda rossiyaliklar esa 3 kun ichida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishlari kerak edi.Hujjat 1-may kuni huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv 2021-yil 17-iyun kuni imzolangan.Bundan avval Rossiya Federatsiya Kengashi bitimni ratifikatsiya qilgandi.O‘zbekiston tomoni barcha ratifikatsiya jarayonlarini yakunlagan.Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya ro‘yxatidan o‘tish uchun 15 kunlik muddat belgilangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23956488_210:0:2941:2048_1920x0_80_0_0_af6ad033c8fb5d0ba5dd5cfb71d8507a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin o‘zbekiston bilan bitimni ratifikatsiya qildi
putin o‘zbekiston bilan bitimni ratifikatsiya qildi
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada majburiy ro‘yxatga olinishi (registratsiya) ushbu mamlakatga kirgan kundan boshlab 15 kungacha uzaytirildi. Bunday tartib O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolariga nisbatan amal qiladi.
Ilgari O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirgandan keyin 7 kun ichida, O‘zbekistonda rossiyaliklar esa 3 kun ichida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishlari kerak edi.
Hujjat 1-may kuni huquqiy axborot
portalida e’lon qilindi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv 2021-yil 17-iyun kuni imzolangan.
Bundan avval Rossiya Federatsiya Kengashi bitimni ratifikatsiya qilgandi.
O‘zbekiston tomoni barcha ratifikatsiya jarayonlarini yakunlagan.
Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya ro‘yxatidan o‘tish uchun 15 kunlik muddat belgilangan.