Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Buyraklarni qanday sog‘lom asrash mumkin?

© Pexels/Andrea Piacquadio Xodba
Xodba  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2022
Obuna bo‘lish
Nefrolog mutaxassisning ta’kidlashicha, muntazam piyoda yurish va to‘g‘ri ovqatlanish buyraklar salomatligida katta ahamiyatga ega.
Nefrolog Verner Rigel Germaning “Focus.de ”nashriga buyraklar salomatligini asraydigan eng oddiy tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Qandli diabet, yuqori qon bosimi va siydik tizimidagi infeksiyalar buyraklar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli shifokor qon bosimi va unda shakar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi. Siydik tizimining kasalliklari og‘riq, tez-tez chiqarish bilan belgi beradi.
Mutaxassis buyraklar uchun 30 daqiqadan kam bo‘lmagan sayr yoki bir kunda 10 000 qadam yurishni tavsiya qilgan. Bu mushaklarni oziq moddalar bilan ta’minlashni yaxshilaydi va metabolizmni tezlashtiradi.
Jumladan, muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ham buyraklar salomatligida juda katta ahamiyatga ega. Shifokor–nefrolog kunlik ratsionga meva-sabzavotlarni qo‘shishni, eng kamida haftada bir marotaba baliq iste’mol qilish va organizmda tuz va oqsillar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi.
Shuningdek, bir kunda ikki litr suv, mevali choy va bir bokal vino iste’mol qilish ham salomatlik uchun yaxshi samara beradi.
Yangiliklar lentasi
0