https://oz.sputniknews.uz/20220430/ramazon-chodiri-moskva-musulmonlarini-birlashtimoqda-24291360.html
"Ramazon chodiri" Moskva musulmonlarini birlashtirmoqda
"Ramazon chodiri" Moskva musulmonlarini birlashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi eron elchisi butun dunyo musulmonlarini ekstremizm va nizolarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi. 30.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-30T02:12+0500
2022-04-30T02:12+0500
2025-03-08T13:48+0500
jamiyat
moskva
ramazon oyi
eron
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1e/24291751_0:1:1061:598_1920x0_80_0_0_81128d60f886f1cd7f47149a97648495.png
TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Eron Islom Respublikasi elchisi Kazem Jaloli Moskvada 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Ramazon chodiri” xayriya iftorlik tadbirida, butun dunyo musulmonlarini birlashishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Jaloli aytishiga ko‘ra, musulmonlarning asosiy kuchi – bu iroda va birlikdir. G‘arb harchand ekstremistik harakatlarni uyushtirmasin, musulmonlar orasida nizo chiqara olmaydi.“G‘arb mafkurachilari terrorchi va ekstremistlarni musulmonlar nomidan harakat qilishga ishontira oldi, lekin dunyoda musulmonlar orasida nizo chiqara olmadi. Bizning dinimiz sof va barchani tinchlik va yaxshi qo‘shnichilikda yashashga chaqiradi” – dedi Jaloli.Eron elchisi Falastin muammosi borasida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbga ishonch yo‘q, chunki Falastinni erkin qilish borasida eng yuqori doiralarda o‘tkazilgan muzokaralar ham hech narsaga olib kelmadi. BMT tomonidan qabul qilingan 900 dan ortiq hujjatlar faqat qog‘ozda qoldi.Xalqaro Al-Aqso kuni – Ramazon oyining so‘nggi juma kuni nishonlanadi. Ushbu kunni nishonlash Eron sobiq rahbari Ayatolla Xomayni tashabbusi bilan, falastin xalqining mustaqilligi uchun kurashiga birdamlik ramzi sifatida 1979-yilda boshlangan.Moskvada turli davlatlar va Rossiyaning turli viloyatlaridan kelgan musulmonlar juda ko‘p yashaydi. Har yili Ramazon oyida Xotira masjidi hududida “Ramazon chodiri” nomli xayriya iftorlik o‘tkazish – an’anaga aylangan. Tadbir Moskvada yashaydigan biror musulmon davlatlari, milliy, diniy yoki boshqa uyushmalari homiyligida o‘tkaziladi. Bir kun o‘zbeklar, boshqa kun tojiqlar, uchinchi kun tatar musulmonlari 1500 kishi uchun iftorlik dasturxoni yozadi. Odatda, Ramazon oyi boshlanmasdan turib chodirda bo‘sh kun qolmaydi.Iftorlik davomida homiy tomon turli madaniy va diniy tadbirlar ham namoyish qilishi mumkin, Qur’on tilovat qilinadi, nashidlar kuylaydi, tanlovlar o‘tkaziladi. “Ramazon chodiri” millati va mazhabi va boshqa guruhidan qat’iy nazar – barcha musulmonlarni bir xil qabul qiladi. Moskvada ushbu ajoyib an’ana boshlanganiga bu yil 16-yil to‘ldi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1e/24291751_131:0:930:599_1920x0_80_0_0_fcca10bf3155fca1393a076f0daf6152.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, moskva, ramazon oyi, eron, rossiya
jamiyat, moskva, ramazon oyi, eron, rossiya
"Ramazon chodiri" Moskva musulmonlarini birlashtirmoqda
02:12 30.04.2022 (yangilandi: 13:48 08.03.2025) Rossiyadagi eron elchisi butun dunyo musulmonlarini ekstremizm va nizolarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi.
TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Eron Islom Respublikasi elchisi Kazem Jaloli Moskvada 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Ramazon chodiri” xayriya iftorlik tadbirida, butun dunyo musulmonlarini birlashishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Men barcha dindoshlarni birlashishga chaqiraman. Butun dunyoda musulmonlar birlashishi kerak va shunday yo‘l bilan G‘arb mafkurasi va ikkiyoqlama standartlar siyosatiga to‘siq qo‘yish mumkin. Bizning Qur’onimiz, Qiblamiz va Ollohimiz bir”, - dedi elchi.
Jaloli aytishiga ko‘ra, musulmonlarning asosiy kuchi – bu iroda va birlikdir. G‘arb harchand ekstremistik harakatlarni uyushtirmasin, musulmonlar orasida nizo chiqara olmaydi.
“G‘arb mafkurachilari terrorchi va ekstremistlarni musulmonlar nomidan harakat qilishga ishontira oldi, lekin dunyoda musulmonlar orasida nizo chiqara olmadi. Bizning dinimiz sof va barchani tinchlik va yaxshi qo‘shnichilikda yashashga chaqiradi” – dedi Jaloli.
Eron elchisi Falastin muammosi borasida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbga ishonch yo‘q, chunki Falastinni erkin qilish borasida eng yuqori doiralarda o‘tkazilgan muzokaralar ham hech narsaga olib kelmadi. BMT tomonidan qabul qilingan 900 dan ortiq hujjatlar faqat qog‘ozda qoldi.
“Bir kuni kelib dunyodagi barcha musulmonlar Al-Aqso masjidida namoz o‘qishga imkoni paydo bo‘lishiga ishonaman”, - deb so‘zini tugatdi elchi.
Xalqaro Al-Aqso kuni – Ramazon oyining so‘nggi juma kuni nishonlanadi. Ushbu kunni nishonlash Eron sobiq rahbari Ayatolla Xomayni tashabbusi bilan, falastin xalqining mustaqilligi uchun kurashiga birdamlik ramzi sifatida 1979-yilda boshlangan.
Moskvada turli davlatlar va Rossiyaning turli viloyatlaridan kelgan musulmonlar juda ko‘p yashaydi. Har yili Ramazon oyida Xotira masjidi hududida “Ramazon chodiri” nomli xayriya iftorlik o‘tkazish – an’anaga aylangan. Tadbir Moskvada yashaydigan biror musulmon davlatlari, milliy, diniy yoki boshqa uyushmalari homiyligida o‘tkaziladi. Bir kun o‘zbeklar, boshqa kun tojiqlar, uchinchi kun tatar musulmonlari 1500 kishi uchun iftorlik dasturxoni yozadi. Odatda, Ramazon oyi boshlanmasdan turib chodirda bo‘sh kun qolmaydi.
Iftorlik davomida homiy tomon turli madaniy va diniy tadbirlar ham namoyish qilishi mumkin, Qur’on tilovat qilinadi, nashidlar kuylaydi, tanlovlar o‘tkaziladi. “Ramazon chodiri” millati va mazhabi va boshqa guruhidan qat’iy nazar – barcha musulmonlarni bir xil qabul qiladi. Moskvada ushbu ajoyib an’ana boshlanganiga bu yil 16-yil to‘ldi.