Pensiya miqdori oshirildi - prezident farmoni
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.
O‘zbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:
️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 so‘m;
️yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 so‘m;
️nogironlik pensiyalari, ish staji to‘liq bo‘lmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 so‘m;
️mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 so‘m;
️1941-1945 yillardagi urushda nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 so‘m;
️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so‘mdan) 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 so‘m.
2022 yil 1-maydan:
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 so‘m;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 185 000 so‘mdan qo‘shiladi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 so‘m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.