O‘zbekistonga 3 oyda 600 ming nafardan ortiq turist keldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande
Turisti fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 609,6 ming nafarni tashkil etdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 609,6 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
MDH davlatlaridan 578,6 ming kishi (94,9 %), boshqa xorijiy davlatlardan 31,0 ming kishi (5,1 %) keldi.
Bundan avval Turizm va madaniy meros vazirligi 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million xorijiy sayyohlar O‘zbekistonga kirib kelishi haqida prognoz bergandi.
2022 yilda O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning 23,4 foizi rossiyaliklar, 18,9 foizi qozog‘istonliklar, 14,4 foizi tojikistonliklar, 7,7 foizi esa turkiyaliklarga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekistonda ichki sayyohlik ham jadal rivojlanmoqda. Xususan, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturining amalga oshirilishi natijasida ichki sayyohlarning umumiy soni 2016-yilda 8,8 milliondan 2021-yilga kelib 15 milliongacha oshdi.
Shuningdek, 1-sentabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga keshbek tizimi joriy etiladi.
mamlakat bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so‘mgacha, temir yo‘l va avtobusga 100 ming so‘mgacha);
mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so‘mgacha);
muzey va boshqa madaniyat obyektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming so‘mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0