O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

© UzAGumanitarnaya pomosh Afganistanu
Gumanitarnaya pomosh Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 ta vagon insonparvarlik yordami jo‘natdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdida Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘natildi.
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar o‘rin olgani ma’lum qildi:
▫️16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
▫️5 ta vagonda guruch mahsuloti
▫️1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
▫️1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechenye;
▫️1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
▫️1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
▫️1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
▫️2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
▫️1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
▫️29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.
Yangiliklar lentasi
0