Hayit namozi: Toshkentda maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

© Sergey KivenkoPerviy den raboti s passajirami
Perviy den raboti s passajirami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi, deb xabar berdi "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2-may kuni Toshkentning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi belgilandi.
Masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.
Avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib, ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0