https://oz.sputniknews.uz/20220429/xavfli-infektsiya-tufayli-kinder-shokoladi-nazoratga-oldi-24278796.html
SSV xavfli infeksiya tufayli Kinder shokoladini nazoratga oldi
SSV xavfli infeksiya tufayli Kinder shokoladini nazoratga oldi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirgacha mamlakatda shokolad orqali salmonelloz infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmagan. 29.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-29T12:55+0500
2022-04-29T12:55+0500
2022-04-29T14:07+0500
jamiyat
bolalar
shokolad
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24272371_580:620:2497:1699_1920x0_80_0_0_6faff6c505cc22e311b27abb32a4b700.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Belgiyada tarqalayotgan salmonelloz infeksiyasi sabab O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kinder” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni nazoratdan o‘tkazapti. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Hozirgacha mamlakatda shokolad orqali salmonelloz infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmagan. Shu kunlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida “Kinder” savdo belgisi ostida Belgiyada ishlab chiqarilgan shokolad mahsulotlari sotuv rastalaridan olib tashlanmoqda.Ayni paytga qadar salmonelloz bilan bog‘liq 151 holat ro‘yxatga olingan. Rossiyaliklar ham “Kinder”da salmonelloz infeksiyasi borligi haqida ogohlantirilgan. Rospotrebnadzor zarur choralarni ko‘rmoqda.Mutaxassislar izohiga ko‘ra, salmonelloz insonning oshqozon-ichak traktiga zarar yetkazuvchi bakteriyalardir. Ushbu infeksiya ko‘p hollarda bemorlarda yengil alomatlar bilan kechsa, ba’zi turlari odamlarda o‘tkir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.Umumiy simptomlar orasida diareya, isitma, qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi ko‘p kuzatiladi. Kasallikka aniq tashxis qo‘yish uchun mikrobiologik va bakteriologik tahlillar zarur.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24272371_728:613:2312:1801_1920x0_80_0_0_3343da3c472695b0cf8fb0026c4f2dfc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bolalar, shokolad, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, bolalar, shokolad, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
SSV xavfli infeksiya tufayli Kinder shokoladini nazoratga oldi
12:55 29.04.2022 (yangilandi: 14:07 29.04.2022) Hozirgacha mamlakatda shokolad orqali salmonelloz infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmagan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Belgiyada tarqalayotgan salmonelloz infeksiyasi sabab O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kinder” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni nazoratdan o‘tkazapti. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Hozirgacha mamlakatda shokolad orqali salmonelloz infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmagan. Shu kunlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida “Kinder” savdo belgisi ostida Belgiyada ishlab chiqarilgan shokolad mahsulotlari sotuv rastalaridan olib tashlanmoqda.
Chunki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, hozirgacha dunyoning 11 davlatida salmonelloz kasalligiga chalinish holatlari keskin oshib ketishi ayni shu shirinliklar bilan bog‘liq. Zararlangan shokolad mahsulotlari kamida 113 mamlakatga tarqatilgani aytilmoqda.
Ayni paytga qadar salmonelloz bilan bog‘liq 151 holat ro‘yxatga olingan. Rossiyaliklar ham “Kinder”da salmonelloz infeksiyasi borligi haqida ogohlantirilgan. Rospotrebnadzor zarur choralarni ko‘rmoqda.
Mutaxassislar izohiga ko‘ra, salmonelloz insonning oshqozon-ichak traktiga zarar yetkazuvchi bakteriyalardir. Ushbu infeksiya ko‘p hollarda bemorlarda yengil alomatlar bilan kechsa, ba’zi turlari odamlarda o‘tkir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Umumiy simptomlar orasida diareya, isitma, qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi ko‘p kuzatiladi. Kasallikka aniq tashxis qo‘yish uchun mikrobiologik va bakteriologik tahlillar zarur.