https://oz.sputniknews.uz/20220429/tokaev-qozogistonda-referendum-otkazishni-taklif-qildi-24280700.html
Tokayev Qozog‘istonda umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi
Tokayev Qozog‘istonda umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tokayev Qozog‘istonda umumxalq referendumi o‘tkazishni va unda davlat boshqaruviga oid ayrim muhim masalalarni ko‘tarishni taklif qildi. 29.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-29T13:42+0500
2022-04-29T13:42+0500
2022-04-29T13:42+0500
dunyoda
qozog‘iston
qozog‘iston prezidenti
qosim-jomart tokayev
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23633267_0:0:1501:844_1920x0_80_0_0_a7d7e42e222e7b6525b68b8bba648231.jpg
TOShKENT, 29 apr - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Konstitutsiyaga mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya qilish va demokratlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi. Ma’lumot uchun, Tokayev o‘zining oldingi chiqishlarida Qozog‘iston davlat boshqaruvchida prezident rolini kamaytirib Parlament rolini kuchaytirish kerakligi haqida aytib o‘tgandi. Xususan prezidentning ayrim vakolatlarini bekor qilish, prezidentning biror partiyaga a’zo bo‘lishi huquqini qayta ko‘rib chiqish, prezident yaqin qarindoshlarining yuqori davlat lavozimlarida ishlashiga ta’qiqi qo‘yish, prezidentning parlament yuqori palatasini saylashdagi vakolatlarini kamaytirish va boshqa o‘zgarishlar haqida gapirgan edi.Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda umumxalq referendumi so‘nggi bor 1995-yilda o‘tkazilgan edi. Undan so‘ng referendumlar haqida yangi qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, respublikada biror marotaba ham umumxalq referendumi o‘tkazilmagan.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23633267_181:0:1308:845_1920x0_80_0_0_c7714cd632e4a0140be64b7f3416f6b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston, qozog‘iston prezidenti, qosim-jomart tokayev, referendum
dunyoda, qozog‘iston, qozog‘iston prezidenti, qosim-jomart tokayev, referendum
Tokayev Qozog‘istonda umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi
Tokayev Qozog‘istonda umumxalq referendumi o‘tkazishni va unda davlat boshqaruviga oid ayrim muhim masalalarni ko‘tarishni taklif qildi.
TOShKENT, 29 apr - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Konstitutsiyaga mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya qilish va demokratlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi.
"Ushbu islohotlar taklif etilganda biz Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar loyihasi parlament tomonidan ko‘rib chiqiladi deb o‘ylagandik. Bu amaldagi qonunchilikda belgilangan tartiblardan biridir. Biroq bo‘lajak keng ko‘lamli va muhim o‘zgarishlar Respublika hayoti va kelajagiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, men Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha respublika referendumini o‘tkazishni taklif qilaman”, — dedi Tokayev juma kuni Qozog‘iston Xalq Assambleyasi (KHK) sessiyasida so‘zlagan nutqida.
Ma’lumot uchun, Tokayev o‘zining oldingi chiqishlarida Qozog‘iston davlat boshqaruvchida prezident rolini kamaytirib Parlament rolini kuchaytirish kerakligi haqida aytib o‘tgandi. Xususan prezidentning ayrim vakolatlarini bekor qilish, prezidentning biror partiyaga a’zo bo‘lishi huquqini qayta ko‘rib chiqish, prezident yaqin qarindoshlarining yuqori davlat lavozimlarida ishlashiga ta’qiqi qo‘yish, prezidentning parlament yuqori palatasini saylashdagi vakolatlarini kamaytirish va boshqa o‘zgarishlar haqida gapirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda umumxalq referendumi so‘nggi bor 1995-yilda o‘tkazilgan edi. Undan so‘ng referendumlar haqida yangi qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, respublikada biror marotaba ham umumxalq referendumi o‘tkazilmagan.