https://oz.sputniknews.uz/20220429/samarqandda-rossiya-talim-markazi-ochildi-24277531.html
Samarqandda Rossiya ta’lim markazi ochildi
Samarqandda Rossiya ta’lim markazi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori ushbu markaz orqali munosabatlar yanada yaqinlashishiga ishonch bildirdi. 29.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-29T11:31+0500
2022-04-29T11:31+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hamkorlik
oliy ta’lim muassasalari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24277935_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_8a824c6e147e74bb47a72a3785453302.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti negizida Rossiya ta’limi markazi ochildi. Ochilish marosimida Shimoliy Kavkaz federal universiteti (SKFU) rektori Dmitriy Bespalov ham ishtirok etdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.Shuningdek, Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori ushbu markaz orqali munosabatlar yanada yaqinlashishiga ishonch bildirdi.Tadbirni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi koordinatori Muxtor Nosirov kirish so‘z bilan ochdi. SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliyev Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi. Xususan, ushbu markaz talabalar uchun Rossiyaning rivojlangan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini yaratuvchi markaz bo‘lishiga ishonch bildirdi.Tadbirda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlari ishtirok etib, Samarqand davlat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama munosabatlarning yanada yaxshilanishiga umid bildirdi.Markazning ochilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga to‘g‘ri keldi.Markazning vazifasi Markaziy Osiyoda rus tilini ommalashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Markaz qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, rus tili, rus adabiyoti, rus tarixi va boshqa fanlar o‘qituvchilari uchun uslubiy yordamni tashkil qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24277935_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_c8ddbf36da643401d4705f44ce6b1722.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, hamkorlik, oliy ta’lim muassasalari, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, hamkorlik, oliy ta’lim muassasalari, rossiya
Samarqandda Rossiya ta’lim markazi ochildi
11:31 29.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori ushbu markaz orqali munosabatlar yanada yaqinlashishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti negizida Rossiya ta’limi markazi ochildi. Ochilish marosimida Shimoliy Kavkaz federal universiteti (SKFU) rektori Dmitriy Bespalov ham ishtirok etdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati
xabar berdi.
“Samarqand davlat universiteti Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri. Men bunga o‘tgan yili muhtaram rektor Rustam Xolmurodov bilan uchrashganimda guvoh bo‘lganman. SamDU bilan hamkorlik qilish biz uchun ham foydali bo‘ladi. Biz hamkorlikda talabalar almashinuvi va ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishni boshladik”, - deydi Dmitriy Bespalov.
Shuningdek, Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori ushbu markaz orqali munosabatlar yanada yaqinlashishiga ishonch bildirdi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi koordinatori Muxtor Nosirov kirish so‘z bilan ochdi. SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliyev Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi. Xususan, ushbu markaz talabalar uchun Rossiyaning rivojlangan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini yaratuvchi markaz bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlari ishtirok etib, Samarqand davlat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama munosabatlarning yanada yaxshilanishiga umid bildirdi.
Markazning ochilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga to‘g‘ri keldi.
Markazning vazifasi Markaziy Osiyoda rus tilini ommalashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Markaz qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, rus tili, rus adabiyoti, rus tarixi va boshqa fanlar o‘qituvchilari uchun uslubiy yordamni tashkil qiladi.