Ramazon Hayiti arafasida Usmon Qur’oni haqida film namoyish etiladi

© RIA Novosti / Vladimir PesnyaQur’on festivalida namoyish qilingan kitob
Qur’on festivalida namoyish qilingan kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna bo‘lish
Filmi tasvirga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo hamda Sankt-Peterburgda olib borildi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. “Usmon Qur’onining qaytishi” hujjatli filmi suratga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma’lum qilishicha, ushbu film muborak Ramazon oyi uchun munosib tuhfa bo‘ladi.
“Usmon Qur’onining qaytishi” hujjatli filmida Toshkentdagi qadim Usmon mushafining hayratlarga boy tarixi so‘zlanadi. Filmni tasvirga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo hamda Sankt-Peterburgda olib borilgan.
Filmda ushbu nodir muqaddas qo‘lozmaning XIX asr oxirida Rossiyaga yuborilishi, Sankt-Peterburgdagi Imperator kutubxonasida saqlanishi va keyinchalik Ufa muftiyatiga topshirilishi bilan voqealar o‘rganilgan.
Arxiv hujjatlari asosida Usmon Qur’onining 1923-yilda O‘zbekistonga qaytarilishi haqida hikoya qilingan. Filmda Usmon Qur’onining 1989-yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasiga topshirilishiga guvoh bo‘lgan insonlarning hikoyalaridan ham foydalanilgan.
“Filmni Ramazon Hayiti arafasida O‘zbekiston telekanallarida namoyish etish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Bi-Bi-Si o‘zbek xizmati, O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjaxon jamiyati, O‘zEOAVMA va Sevimli telekanali hamkorligida suratga olingan.
Ma’lumot uchun, Usmon Qur’oni bu Qur’oni Karimning saqlanib qolgan eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. Ikki yil avval birinchi kitob haqida “Katta Langar qur’oni: sirlar va haqiqatlar” nomli film suratga olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0