https://oz.sputniknews.uz/20220429/ozbekistonga-eng-kop-avtomobil-qaysi-davlatdan-olib-kelindi-24282634.html
O‘zbekistonga eng ko‘p avtomobil qaysi davlatdan olib kelindi
O‘zbekistonga eng ko‘p avtomobil qaysi davlatdan olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan. 29.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-29T14:41+0500
2022-04-29T14:41+0500
2022-04-29T14:41+0500
iqtisod
avtomobil
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20418411_0:367:2989:2048_1920x0_80_0_0_fa1b71b92ac17fbd3323c94a81a19783.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Xabarday qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar top beshligi:Bundan tashqari, mamlakat Yaponiya (27 ta), Germaniya (23 ta), Tailand (10 ta) BAA (9 ta) va Gonkong (7 ta)dan ham yengil avtomobil import qilgan.Ma’lumot uchun, so‘nggi 4-yilda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 1,8 barobar, eksport hajmi esa 2,7 barobar o‘sdi. Biroq, bu mahalliy avtomobillar uchun uzun navbatlardan xalos bo‘lishga yordam bermadi. Biroz oldin avtosanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda, prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mayga qadar navbatlardan xalos bo‘lishni topshirgan edi. Buning uchun birinchi yarim yillikda korxona kamida 160 ming dona, yil oxiriga qadar esa 275 ming dona avtomobil ishlab chiqarishi kerak. Bundan tashqari, mutasaddi idoralar tomonidan import qilinadigan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini 30 foizdan 15 foizga, avtomobil narxini kamida 5 foizga, UzAuto Motors mahsulotlari uchun oldindan to‘lovni 85 foizdan 50 foizga kamaytirishga qaror qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20418411_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8daa1cbe4c94ae4e47b2b1766f9b173c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, avtomobil, elektromobil
iqtisod, avtomobil, elektromobil
O‘zbekistonga eng ko‘p avtomobil qaysi davlatdan olib kelindi
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarday qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar top beshligi:
Bundan tashqari, mamlakat Yaponiya (27 ta), Germaniya (23 ta), Tailand (10 ta) BAA (9 ta) va Gonkong (7 ta)dan ham yengil avtomobil import qilgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 4-yilda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 1,8 barobar, eksport hajmi esa 2,7 barobar o‘sdi. Biroq, bu mahalliy avtomobillar uchun uzun navbatlardan xalos bo‘lishga yordam bermadi.
Biroz oldin avtosanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda, prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mayga qadar navbatlardan xalos bo‘lishni topshirgan edi. Buning uchun birinchi yarim yillikda korxona kamida 160 ming dona, yil oxiriga qadar esa 275 ming dona avtomobil ishlab chiqarishi kerak.
Bundan tashqari, mutasaddi idoralar tomonidan import qilinadigan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini 30 foizdan 15 foizga, avtomobil narxini kamida 5 foizga, UzAuto Motors mahsulotlari uchun oldindan to‘lovni 85 foizdan 50 foizga kamaytirishga qaror qilindi.