“Gender-madad” - ayollar uchun huquqiy maslahat platformasi ishga tushdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJenshini Uzbekistana
Jenshini Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna bo‘lish
Onlayn-maslahatchi xizmati haftaning dushanba kunidan juma kunigacha soat 09.00 dan 18.00 gacha ishlaydi
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonda bepul onlayn yordam ko‘rsatuvchi “Gender-madad” huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, endi ayollar maxsus onlayn-maslahatchi xizmatiga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.
Portalning asosiy maqsadi jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishdan iborat.
“Kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ko‘rib chiqilmaydi. Murojaatlarga real vaqt rejimida onlayn tarzda javob beriladi. Ushbu portal orqali yuridik shaxslar faoliyati, xususan tadbirkorlik masalasida hukuqiy maslahatlar ham berilmaydi”, deydi Sevara O‘rinboyeva.
Platforma orqali quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy yordam olishi mumkin:
Gender tenglik;
Ayollar huquqiy himoyasi;
Ayollarga imtiyozlar;
Oilaviy munosabatlar;
Oilaviy zo‘ravonlik;
Xalqaro standartlar;
Gender tengligiga erishish strategiyasi;
Ayollar uchun ijtimoiy himoya daftarlari;
Ona va bola salomatligini muhofaza qilish.
Huquqiy maslahatlar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha malakali huquqshunoslar tomonidan beriladi.
Maslahatchilar tomonidan berilgan javoblar tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalaning huquqiy yechimini tez topish mumkin. Platformada qayta aloqa yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 87 foiz oilada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan. IIV tomonidan tashkil etilgan “Ishonch markazi”ning 1259 qisqa raqamiga shu yilning 1-choragi davomida oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq holatlari va boshqa masalalar bo‘yicha 2457 ta xabar kelib tushgan.
Yangiliklar lentasi
0