“Utair” Tumen va Surgutdan Toshkentga yangi reysni yo‘lga qo‘yadi

© SputnikSamolyot aviakompanii "YuTeyr". Arxivnoe foto
Samolyot aviakompanii YuTeyr. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Tumendan Toshkentga parvozlar 28-aprel, Surgutdan esa 5-maydan boshlab amalga oshiriladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasining bahor-yoz jadvaliga ko‘ra, O‘zbekistonga 2 ta yangi reys yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda aviakompaniya xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Tumendan Toshkentga parvozlar 28-aprel, Surgutdan esa 5-maydan boshlab amalga oshiriladi. Tumen va Surgutdan samalotlar Toshkentga har payshanba kunlari uchadi.
Shuningdek, aviakompaniya Moskvadan Toshkentga har kunlik parvozlarni davom ettirmoqda.
“Kompaniya shu yilning bahor-yoz jadvalida 100 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq “Rossiya” aviakompaniyasi 2-maydan boshlab Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0