Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainada qo‘lga tushgan ikki britaniyalik yollanma oldin Suriyada jang qilgan - video

© Narodnaya militsiya DNR / Mediabankka o‘tishUkrainskie voyennie, otkazavshiyesya ot uchastiya v boyevix deystviyax s voyennoslujashimi VSU
Ukrainskie voyennie, otkazavshiyesya ot uchastiya v boyevix deystviyax s voyennoslujashimi VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Mariupolda Ukraina Qurolli Kuchlari tomonida jang qilgan ikki Britaniya fuqarosi avvalroq Suriyada jang qilgani aniqlandi.
TOShKENT, 28 apr - Sputnik. Mariupolda taslim bo‘lgan Britaniya fuqarolari avvalroq Suriyada jang qilgan, biroq Buyuk Britaniya armiyasi tarkibida emas, deb yozadi “RIA Novosti”.
Sergey Starchuk, Ukraina qo‘shinlari dengiz piyodalarining birinchi alohida batalonining havo hujumidan himoya vzvodi komandiri, o‘z ixtiyori bilan qurolini topshirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yil oxirida uning bataloniga ikki britaniyalik qo‘shilgan. Ular shartnomani oddiy dengizchilar sifatida imzoladilar. Ularning ikkalasi ham Suriyada xizmat qilganini aytgan.
"Kim tomonida jang qilganini bilmayman, lekin u (Eyden Aslin) Buyuk Britaniya qurolli kuchlari safida jang qilmagani sababli, Buyuk Britaniya hududiga qaytib kela olmasligini aytdi. Bu ularda ekstremizm yoki terrorizm deb bilishar ekan. Anig‘ini bilmayman.
Shon Pinner ham Suriyada bo‘lgan ko‘rinadi va u ham xuddi shunday vaziyatda. Balki ular shartnomani tugatib, Ukraina fuqaroligini olishsa, balki qaytishlari mumkin”, - deydi Starchuk.
Eslatib o‘tamiz, Britaniya fuqarolari Shon Pinner va Aiden Aslin aprel oyi o‘rtalarida Mariupolda taslim bo‘lgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainaga kelgan yollanma askarlar jangovar emas, ularni eng yaxshisi uzoq muddat qamoq jazosi kutmoqda”.
Keyinroq mahbuslar bosh vazir Boris Jonsonga ularni muxolifatdagi ukrainalik siyosatchi Viktor Medvedchukga almashtirishda yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0