https://oz.sputniknews.uz/20220428/samarqandlik-hattot-quron-kitobini-kochirib-yozdi-24267977.html
Samarqandlik hattot Qur’on kitobini ko‘chirib yozdi
Samarqandlik hattot Qur’on kitobini ko‘chirib yozdi
Sputnik O‘zbekiston
Qur’oni karim 3-yil mobaynida yozildi va umrboqiy, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lgan va suvda ivimaydigan Samarqand qog‘ozidan foydalanildi. 28.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-28T20:08+0500
2022-04-28T20:08+0500
2022-04-28T20:08+0500
madaniyat
samarqand viloyati
qur’oni karim
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1c/24268058_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_0c9079c3701beb159a52b63e3e4baf45.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Samarqandlik hattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi xabar bermoqda. Hatotning aytishicha, Samarqand qog‘ozi o‘zining umrboqiyligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi hamda suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Shuning uchun kitob varaqlariga shu qog‘ozdan foydalanilgan.Ma’lumot uchun, Samarqand qog‘ozi “Konigil-Meros” qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markazida ishlab chiqiladi. Qog‘ozlar aholi orasida “balx tuti” deb ataluvchi tut navi po‘stlog‘idan tayyorlanadi. Bugungi kunda samarqand qog‘ozidan nafaqat O‘zbekiston, balki Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda. Qur’oni karimning bizgacha yetib kelgan 10 ta qadimiy qo‘lozmasi mavjud. Ular “Birmingem Qur’oni qo‘lozmasi”, “Sana qo‘lozmasi”, “To‘pqopi qo‘lozmasi”, “Qur’onning Samarqand qo‘lozmasi”, “Sankt-Peterburgdagi Qur’on”, “Havorang Qur’on”, “Ibn al-Bavaba”, “Analus qo‘lozmasi”, “Mag‘rib qo‘lozmasi”, “Sevilya Qur’oni” deb ataladi. Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – “Usmon Musfahi” ham O‘zbekistonda, “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1c/24268058_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_f3564efa2ecddb0d36357dccfd8adcac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, samarqand viloyati, qur’oni karim, o‘zbekiston musulmonlari idorasi
madaniyat, samarqand viloyati, qur’oni karim, o‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqandlik hattot Qur’on kitobini ko‘chirib yozdi
Qur’oni karim 3-yil mobaynida yozildi va umrboqiy, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lgan va suvda ivimaydigan Samarqand qog‘ozidan foydalanildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Samarqandlik hattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi
xabar bermoqda.
“Ushbu ulug‘ kalomlar bitilgan kitobni uch yil mobaynida 310 varaqqa (2 tomonlama), 620 sahifada arab kufi xatida yozishga muvaffaq bo‘ldim”, - deydi hattot.
Hatotning aytishicha, Samarqand qog‘ozi o‘zining umrboqiyligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi hamda suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Shuning uchun kitob varaqlariga shu qog‘ozdan foydalanilgan.
Ma’lumot uchun, Samarqand qog‘ozi “Konigil-Meros” qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markazida ishlab chiqiladi. Qog‘ozlar aholi orasida “balx tuti” deb ataluvchi tut navi po‘stlog‘idan tayyorlanadi. Bugungi kunda samarqand qog‘ozidan nafaqat O‘zbekiston, balki Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda keng
foydalanilmoqda. Qur’oni karimning bizgacha yetib kelgan 10 ta qadimiy qo‘lozmasi mavjud. Ular “Birmingem Qur’oni qo‘lozmasi”, “Sana qo‘lozmasi”, “To‘pqopi qo‘lozmasi”, “Qur’onning Samarqand qo‘lozmasi”, “Sankt-Peterburgdagi Qur’on”, “Havorang Qur’on”, “Ibn al-Bavaba”, “Analus qo‘lozmasi”, “Mag‘rib qo‘lozmasi”, “Sevilya Qur’oni” deb
ataladi. Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – “Usmon Musfahi” ham O‘zbekistonda, “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanadi.