https://oz.sputniknews.uz/20220428/rossiya-jahon-turizm-tashkilotidan-chiqdi-24261151.html
Rossiya Jahon turizm tashkilotidan chiqdi
Rossiya Jahon turizm tashkilotidan chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya rahbariyati xulosasiga ko‘ra UNWTO faoliyati siyosiylashgan bo‘lib, ayrim mamlakatlar manfaati yo‘lida boshqalarga nisbatan kamsitish ochiq qo‘llab-quvvatlanmoqda. 28.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-28T14:36+0500
2022-04-28T14:36+0500
2022-04-28T14:48+0500
rossiya
bmt
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0e/15178716_0:0:3202:1802_1920x0_80_0_0_a41798403848765bc79041ddfc442fa0.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya BMTning Jahon turizm tashkilotidan chiqishga qaror qildi. Chunki tashkilot siyosiylashgan va ayrim davlatlarga nisbatan kamsitishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining chorshanba kuni tarqatgan bayonotida xabar qilingan.Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi siyosiylashgan va kamsitishlarni ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan UNWTO’da ishlashni davom ettirishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi va shu munosabat bilan Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishga qaror qilgan.BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dujarrikning aytishicha, Rossiyaning UNWTO’dagi a’zoligi to‘xtatilishi tizim faoliyati uchun zararli namuna yaratishi mumkin.Nizomga ko‘ra, chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror darhol kuchga kiradi, ixtiyoriy ravishda chiqish esa bu haqda so‘rov berilganidan keyin bir yil o‘tgach qabul qilinishi mumkin.Mart oyi boshida Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi Rossiyaning a’zoligini to‘xtatib qo‘yish masalasini muhokama qilish bo‘yicha birinchi yig‘ilish o‘tkazdi. Gvatemala, Litva , Polsha , Sloveniya va Ukrainada harbiy maxsus operatsiya boshlanganidan keyin shunday tashabbus bilan chiqqan edi.Ma’lumot uchun, BMT tomonidan tashkil etilgan Jahon turizm tashkiloti 157 ta davlat, olti hudud, ikkita doimiy kuzatuvchi va 500 dan ortiq a’zolardan iborat. Rossiya mazkur tashkilot 1975-yil a’zo bo‘lgan. 2007-2011 yillarda Rossiya tashkilot Ijroiya kengashi a’zoligiga saylangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0e/15178716_473:0:3202:2047_1920x0_80_0_0_f0bcb98cbfc76519467e6c68067a3d03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, bmt, turizm
Rossiya Jahon turizm tashkilotidan chiqdi
14:36 28.04.2022 (yangilandi: 14:48 28.04.2022) Rossiya rahbariyati xulosasiga ko‘ra UNWTO faoliyati siyosiylashgan bo‘lib, ayrim mamlakatlar manfaati yo‘lida boshqalarga nisbatan kamsitish ochiq qo‘llab-quvvatlanmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya BMTning Jahon turizm tashkilotidan chiqishga qaror qildi. Chunki tashkilot siyosiylashgan va ayrim davlatlarga nisbatan kamsitishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining chorshanba kuni tarqatgan bayonotida xabar qilingan.
“Biz UNWTO aslida undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotgan bir qator a’zo davlatlar tomonidan monopollashtirilganini aytishga majburmiz. Rossiyaga qarshi ommaviy tashviqot, shantaj va a’zo bosim o‘tkazish yo‘li bilan UNWTO Rossiyaning a’zoligini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni ilgari surmoqda, biz buni tashkilotning faol a’zosini qo‘pol ravishda jazolash uchun noqonuniy va siyosiy maqsadli qadam deb bilamiz”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi siyosiylashgan va kamsitishlarni ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan UNWTO’da ishlashni davom ettirishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi va shu munosabat bilan Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishga qaror qilgan.
BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dujarrikning aytishicha, Rossiyaning UNWTO’dagi a’zoligi to‘xtatilishi tizim faoliyati uchun zararli namuna yaratishi mumkin.
Nizomga ko‘ra, chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror darhol kuchga kiradi, ixtiyoriy ravishda chiqish esa bu haqda so‘rov berilganidan keyin bir yil o‘tgach qabul qilinishi mumkin.
Mart oyi boshida Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi Rossiyaning a’zoligini to‘xtatib qo‘yish masalasini muhokama qilish bo‘yicha birinchi yig‘ilish o‘tkazdi. Gvatemala, Litva , Polsha , Sloveniya va Ukrainada harbiy maxsus operatsiya boshlanganidan keyin shunday tashabbus bilan chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, BMT tomonidan tashkil etilgan Jahon turizm tashkiloti 157 ta davlat, olti hudud, ikkita doimiy kuzatuvchi va 500 dan ortiq a’zolardan iborat. Rossiya mazkur tashkilot 1975-yil a’zo bo‘lgan. 2007-2011 yillarda Rossiya tashkilot Ijroiya kengashi a’zoligiga saylangan.