"Prometey" - Rossiyani koinotdan beriladigan zarbalardan himoya qiladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya i Belorussiya nachala sovmestnie ucheniya "Soyuznaya reshimost - 2022"
Rossiya i Belorussiya nachala sovmestnie ucheniya Soyuznaya reshimost - 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya hech kimga tahdid solayotgani yo‘q, lekin yaqin o‘tmishda Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari tomonidan xavfsiz masofadan turib o‘qqa tutilgan Iroq, Yugoslaviya, Liviyaning unutmaydi.
Eng so‘nggi avlod havo mudofaa tizimi S-500 "Prometey"ning seriyaali ishlab chiqarish, yuqori texnologiyali qurollanish poygasida Rossiyani so‘zsiz yetakchiga aylantiradi. G‘arblik "sheriklar" S-400 Triumf tizimiga o‘xshash qurol yaratishga urinayotgan bir paytda, Rossiyalik yuzlab kilometr balandlik - yaqin koinotdagi masofani nazorat qilib turuvchi S-500 "Prometey" tizimlarini ishlab chiqarmoqda.
Almaz-Antey Aerokosmik mudofaa konserni bosh direktori Yan Novikov 25-aprel kuni S-500 havo mudofaa tizimi ommaviy ishlab chiqarishga chiqarilganini ma’lum qildi.
S-500 "Prometey" tizimi dunyoda o‘xshashi yo‘q va tez orada Rossiya aerokosmik mudofaasining asosiga aylanadi.
Birinchi S-500 brigadasi Rossiya Havo-kosmik kuchlarining (VKS) 15-maxsus qo‘shinlari tomonidan 2021-yil oktabr oyida qabul qilingan. Yarim yil davomida "Prometey" Moskva ustidagi havo va kosmos hududini ishonchli nazorat va himoya qildi. Ikkinchi brigada to‘plami 2022-yilning birinchi yarmida jangovar vazifani bajaradi. Mutaxassislarni tayyorlash ham besh yildan buyon davom etmoqda.
Biroz oldin Rossiya Mudofaa vazirligi "S-500" Kapustin Yar poligonida yuqori tezlikdagi ballistik nishonni yo‘q qilganini va ushbu jarayonda o‘zini ishonchli vosita sifatida ko‘rsatganini ma’lum qilgan edi.
"Prometey" potensial dushmanning barcha mavjud va istiqbolli aerokosmik hujum vositalarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u har qanday tezlikda harakatlanayotgan, uzoqligi 600 km va balandligi 200 km (ba’zi manbaalarda 400km) bo‘lgan har qanday nishonni yo‘q qilishi mumkin. 2021-yil 15-noyabrda Rossiyaning nomi aytilmagan havo mudofaa tizimi Yer sathidan 500 km balandlikdagi bo‘lgan eski sovet sun’iy yo‘ldoshi - "Selina-D"ni bitta raketa zarbasi bilan urib tushirdi.
Prometeyning aksariyat texnik xususiyatlari sir bo‘lsada, G‘arb G‘arb uning sun’iy yo‘ldoshlar, gipertovushli raketalar va yana ko‘p narsalarni urib tushirishga qodir ekaniga amin bo‘lgan. Military Watch uning hatto hozircha mavjud bo‘lmagan "B-21 Raider" strategik bombardimonchisini, gipertovushli raketalar va Amerika Qo‘shma Shtatlarining SR-72 razvedka va zarba beruvchi samolyotlari - uning nishoniga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
Menimcha, bu ro‘yxatga Pentagonning amaldagi kosmik kemasi (bombardimonchi) Boeing X-37, Minuteman III QBRsini va Amerikaning boshqa qanotli raketalarini ham qo‘shish mumkin. "Prometey" ning imkoniyatlari AQSh va NATOni jiddiy xavotirga solmoqda.

Ishonchli qalqon va yengilmas qilich

"S-400" havo mudofaa tizimi va "A-135" raketaga qarshi mudofaa tizimlarining davomchisi bo‘lgan "Prometey" taxminan 600 km radiusda ballistik, aerodinamik nishonlar va qanotli raketalarni yo‘q qilishga qodir. Yangi tizimning asosiy maqsadi - o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalar va qit’alararo ballistik raketalarni parvoz traektoriyasining yakuniy qismida yo‘q qilishdir.
Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, S-500 ning asosiy ixtisosligi mamlakatning kosmik chegaralarini yaqin koinotdan mumkin bo‘lgan yadroviy raketa zarbasidan himoya qilishdir. Shu sababli ham uning maksimal balandligi 200 (400) km ni tashkil qiladi.
Uning xususiyatlarini hatto "S-400 Triumf" bilan ham taqqoslab bo‘lmaydi: tezligi 7km/soniyagacha yoki 25 ming km/soat bo‘lgvn yuqori tezlikda uchadigan nishonlarni urish imkoniyatiga ega.
S-400 va S-300 dan farqli o‘laroq, S-500 10 metrdan 30 km gacha balandlikdagi nishonlarga qarshi 250 km gacha masofani bosib o‘tadigan to‘rtta raketa bilan zarba berishi mumkin. "Prometey" ning uchiruv qurilmasi ikkita ultra uzoq masofali "yer-havo" raketalarini olib yuradi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining 70 foizdan ortig‘i zenit-raketa polklari zamonaviy S-400 tizimlari bilan qayta jihozlandi. So‘nggi "Prometey"ni qo‘shinlarga yetkazib berish "Triumf"larni orqa fonga o‘tkazmaydi - ular havo mudofaasi tizimining qatlamli mudofaasini yanada zichroq va chuqurroq qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiya - havo mudofaa tizimi eshelonlangan tartibda himoya qilinadigan dunyoda yagona mamlakatdir.
Birinchi bosqichda, "Verba" yoki "Igla" tipidagi qisqa masofaga uchuvchi qo‘l-portativ zenit-raketa qurollaridan boshlanadi. (6 km - uzoqlik va 6 km balandlik)
Ikkinchi eshelonda - zanjirli texnika - "Buk" va "Tor", "Pansir-SM" o‘rta masofali havo mudofaa tizimidan iborat. (15 km gacha balandlik va 40 km uzoqlikkacha).
Uchinchi diapazonda - S-300 va S-400 tizimlari bo‘lib ular (250 km uzoqlik va 30 km balandlikni nazorat qiladi).
Eng so‘nggi S-500 tizimi shartli barcha uchta eshelonni va to‘rtinchi - kosmik masofalarni ham uyg‘un to‘ldiradi.
Qayta qurollanish davlat dasturi asosida 2025-yilgacha beshta "S-500" brigadalari to‘plamini sotib olish rejalashtirilgan. Kelajakda S-500 ning quruqlikdagi versiyasi kema versiyasiga aylanishi mumkin. Shuningdek Rossiyaning markaziy qismida tizim A-135 raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan birlashtirilishi ham belgilangan.
NATOning "Prompt Global Strike" (Tezkor global zarba) konsepsiyasiga muvofiq, Qo‘shma Shtatlar bitta zarbada dushmanga 6000 tagacha Tomagavk (shu jumladan yadroviy kallaklarga ega bo‘lganlar) yuborishga qodir.
Lekin, Rossiya bilan harbiy mojaro sodir bo‘lgan holatda Amerika konsepsiyasi barcha ma’nosini yo‘qotadi. Pentagon va NATO Rossiya hududida yoki Ukraina, Suriya, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi Rossiya qo‘shinlariga kutilmagan tezkor berilgan zarba - havo mudofaa tizimlari bilan himoya qilinadi. Va bir vaqtning o‘zida raqibga (gipertovushli, qanotli va qit’alararo raketalar bilan) qasos zarbasi beriladi.
Rossiya yuqori texnologiyali havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa qalqoniga ega dunyodagi eng kuchli yadroviy davlatdir. G‘arblik "sheriklari" buni unutmasliklari kerak.
S-500 "Prometey" tizimi kosmik miqyosdagi yangi texnologik yutuq, Moskvaning davr muammolariga javobidir. Rossiya hech kimga tahdid solmaydi, lekin yaqin o‘tmishda Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari tomonidan xavfsiz masofadan turib o‘qqa tutilgan Iroq, Yugoslaviya, Liviyaning unutmaydi.
"Voronej" tipidagi uzoq masofali ufqda nishonni aniqlash radarining imkoniyatlariga asoslangan raketa hujumi haqida ogohlantirish yagona axborot tizimi, "Prometey", "Kinjal", "Sarmat", "Poseydon" kabi Rossiyaning eng so‘nggi qurol tizimlari yagona tizimga birlashtirilganda - zabt etib bo‘lib qal’aga aylanadi.
AQSh va NATO gipertovushli qurollarni ishlab chiqishda Rossiya va Xitoydan sezilarli ortda qolmoqda. Kosmik va gipertovush tezligida uchadigan qurollarga qarshi ishlab chiqilgan "S-500" tizimi - ulkan eksport salohiyatiga ega. Xorijiy xaridorlarning dastlabki beshtaligi - Belorus, Xitoy, Hindiston, Jazoir va Eron bo‘lishi mumkin. Rossiya mudofaa texnologiyalarini rivojlantirish davom etmoqda.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0