Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash qit’a xavfsizligiga tahdid soladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass G‘arb mamlakatlarini Kiyevga tank va samolyotlar yetkazib berishga chaqirgan edi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ukraina va boshqa mamlakatlarni G‘arb qurol-yarog‘lari bilan ta’minlash qit’a xavfsizligiga xavf tug‘diradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ukraina va bosh mamlakatlarni qurol-aslaha bilan, jumladan, og‘ir qurol-aslaha bilan ta’minlash tendensiyasining o‘zi – bu qit’a xavfsizligiga tadhid soladigan xatti-harakatlar, beqarorlikni keltirib chiqaradi”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Kuni kecha Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass G‘arb mamlakatlarini Kiyevga tank va samolyotlar yetkazib berishga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar Ukrainaga yordamni ikki baravarga ko‘paytirishlari kerak.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar biror kishi Ukrainadagi vaziyatga chetdan aralashsa, Rossiyaning javobi yashin tezligida bo‘lishidan ogohlantirgani xabar qilingan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0