https://oz.sputniknews.uz/20220428/narishkin-polsha-ukrainaning-bir-qismi-ustidan-oz-nazoratini-ornatmoqchi-24264433.html
Narishkin: Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi
Narishkin: Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi razvedkasi xizmati Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “tarixiy yerlari” ustidan nazorat o‘rnatish rejalarini ishlab chiqayotgani haqida ma’lum... 28.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-28T17:52+0500
2022-04-28T17:52+0500
2022-04-28T17:52+0500
rossiya
polsha
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/06/15339435_0:214:3197:2012_1920x0_80_0_0_8d0b416e3cdf06acc0b78474d2d540d2.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “tarixiy yerlari” ustidan nazorat o‘rnatish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi razvedkasi xizmati (TRX) direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.Rossiya TRX ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning harbiy viloyatlariga Polsha qo‘shinlarining “rus agressiyasidan himoya qilish” shiori ostida kiritilishi “qo‘shilishning” birinchi bosqichi bo‘lishi kerak. AQSh prezidenti ma’muriyati bilan kutilayotgan missiyaning maqomi muhokama qilinmoqda.“Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ular NATO vakolatisiz, biroq “xohlovchi davlatlar” ishtiroki bilan bo‘lib o‘tadi.Ta’kidlanishicha, Varshava hozircha ehtimoliy hamfikrlari bilan kelisha olmagan.Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Ukraina o‘z hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan edi.16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunga munosabat bildirib, Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib kelishidan ogohlantirgan edi.
polsha
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/06/15339435_3:0:2732:2047_1920x0_80_0_0_ba14d59b5d9b9eb55436e15e71c12102.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, polsha, ukraina
Narishkin: Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi
Rossiya tashqi razvedkasi xizmati Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “tarixiy yerlari” ustidan nazorat o‘rnatish rejalarini ishlab chiqayotgani haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “tarixiy yerlari” ustidan nazorat o‘rnatish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi razvedkasi xizmati (TRX) direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.
“Rossiya tashqi razvedkasi xizmatiga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “o‘zining tarixiy yerlari ” ustidan zich harbiy-siyosiy nazoratini o‘rnatish rejalarini ishlab chiqmoqda”, - deyiladi uning xizmat matbuot burosi chop qilgan
bayonotida.Rossiya TRX ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning harbiy viloyatlariga Polsha qo‘shinlarining “rus agressiyasidan himoya qilish” shiori ostida kiritilishi “qo‘shilishning” birinchi bosqichi bo‘lishi kerak. AQSh prezidenti ma’muriyati bilan kutilayotgan missiyaning maqomi muhokama qilinmoqda.
“Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ular NATO vakolatisiz, biroq “xohlovchi davlatlar” ishtiroki bilan bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, Varshava hozircha ehtimoliy hamfikrlari bilan kelisha olmagan.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Ukraina o‘z hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan edi.
16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunga munosabat bildirib, Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib kelishidan
ogohlantirgan edi.