Bo‘yrak transplantatsiyasi barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishVrachi vo vremya operatsii
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Transplantatsiya haqidagi yangi qonun kasallanish va inson a’zolaridagi qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar tufayli o‘limga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonda inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Bugungi majlisda davlat rahbari tomonidan bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilgan “Inson a’zolari va to‘qimalari to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, qonun kasallanish va inson a’zolaridagi qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar tufayli o‘limga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
“Transplantatsiya jarayonlarini sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqiladi. Transplantatsiya xizmati aholiga yaqinlashtirilib, hududlarda bu boradagi amaliyotlarni sifatli va samarali yo‘lga qo‘yish kerak”, - deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarur. Buning uchun tegishli tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika va kadrlar salohiyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda qator vazifalar aniq muddatlar bilan belgilangan.
“Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasidan mazkur “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalarni so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida doimiy ish olib borish talab etiladi. Har oyda “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha eshituvlar tashkil etiladi”, deya qo‘shimcha qildi Senat raisi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda buyrak ko‘chirib o‘tkazish, jigar va o‘zak hujayra amaliyotlari kengayib bormoqda. So‘nggi yillarda 700 dan ortiq ana shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan.
Aytish joizki, bir necha yil oldin ushbu kabi operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbkiston fuqarolari chet el davlatlariga borishiga to‘g‘ri kelar edi. 2017-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan va murakkab operatsiyalar uchun fuqarolarni chet elga borishga majburlaydigan sabablarni aniqlash, imkon qadar malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, chet elga ishlaga ketgan o‘zbekistonlik shifokorlarni imkon qadar vataniga qaytarish kabi vazifalarni qo‘ygan edi.
Undan tashqari, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya orasida tibbiy ta’lim va tajriba almashish sohasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0