https://oz.sputniknews.uz/20220428/ayrim-oziq-ovqat-mahsulotlariga-berilgan-qqs-imtiyozlari-yana-uzaytirilishi-mumkin-24257655.html
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan QQS imtiyozlari yana uzaytirilishi mumkin
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan QQS imtiyozlari yana uzaytirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht, kartoshka, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar importiga berilgan QQS imtiyozlari 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin.
2022-04-28T11:56+0500
2022-04-28T11:56+0500
2022-04-28T11:56+0500
iqtisod
go‘sht
yog‘
imtiyoz
qqs
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22150293_0:141:3139:1907_1920x0_80_0_0_146856b4b3f3e575ad87f7e99342153c.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘simlik yog‘i, go‘sht va kartoshka mahsulotlari importi hamda realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilishi mumkin. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi.Yil boshidan buyon 30-aprelga qadar O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish hamda o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari QQSdan ozod qilingan. Xuddi shu muddatda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni mamlakat hududiga olib kirish QQSdan ozod qilingan.Deputatning manbasiga tayanib yozishicha, banan, ananas va boshqa sitruslar uchun bojdan ozod qilish bo‘yicha 1-mayga qadar berilgan imtiyozlar muddati ham yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin.“Tan olish joizki, bu harakatlar barchasi aholi farovonligini ta’minlash, ularning xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, inflyatsiya darajasini 10-12 foiz atrofida ushlab turish imkonini beradi", - deb hisoblaydi G‘aniyev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22150293_204:0:2935:2048_1920x0_80_0_0_23669f6b6f723483ad7d6d6797bcc4d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qqs imtiyozlari go‘sht yog‘
qqs imtiyozlari go‘sht yog‘
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan QQS imtiyozlari yana uzaytirilishi mumkin
Go‘sht, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar importiga berilgan QQS imtiyozlari yil oxiriga qadar uzaytirilish taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘simlik yog‘i, go‘sht va kartoshka mahsulotlari importi hamda realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilishi mumkin. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi.
Yil boshidan buyon
30 aprelga qadar O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish hamda o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari QQSdan ozod qilingan. Xuddi shu muddatda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni mamlakat hududiga olib kirish QQSdan ozod qilingan.
Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga ko‘ra, amaldagi imtiyozlar muddati (tovuq go‘shti va baliqdan tashqari) 2022-yil 31-dekabrgacha uzatirilishi mumkin.
Deputatning manbasiga tayanib yozishicha, banan, ananas va boshqa sitruslar uchun bojdan ozod qilish bo‘yicha 1-mayga qadar berilgan imtiyozlar muddati ham yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin.
“Tan olish joizki, bu harakatlar barchasi aholi farovonligini ta’minlash, ularning xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, inflyatsiya darajasini 10-12 foiz atrofida ushlab turish imkonini beradi", -
deb hisoblaydi G‘aniyev.