“Ural Airlines” O‘zbekistonga bo‘lgan barcha parvozlarni yarim yilga bekor qildi

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishSamolyot Airbus A320 aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolyot Airbus A320 aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasi 29-oktabrgacha O‘zbekistonga barcha parvozlarni bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan. Bunga Yevropa davlatlari havo hududining yopilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Boshqa tushuntirishlar berilmagan.
Avvalroq “Rossiya” aviakompaniyasi 2-maydan boshlab Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0