Ukraina uchun lend-liz kengaytirildi: ko‘priklarni yoqish vaqti keldi
© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUnichtojennaya voyennaya texnika Voorujennix sil Ukraini v Xersonskoy oblasti
© Sputnik / RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
Amerikaliklar frontga qurol yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilmayapti va yo‘qotishlarni hajmni ko‘paytirish, ya’ni o‘z ittifoqchilari va sheriklarini lend-lizga jalb qilish evaziga kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lmoqda.
AQSh va NATOning o‘ylamasdan Kiyev rejimiga qurol-yarog‘ yetkazib berishga majburlash Ukraina armiyasi va uning safarbarlik resurslarini butunlay yo‘q qilish hisobiga Rossiyaning mudofaa salohiyatini zaiflashtirish istagi borligini bildiradi. Ukraina AQSh “gegemonligi”ga asoslangan jahon tartibi uchun G‘arbning kollektiv geosiyosiy kurashida doimiy sarflanadigan moddiy va “garov yo‘qotishlariga” aylanib borapti.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostin yakshanba kuni Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Shu bilan birga, afro-amerikalik Ostin yahudiy Zelenskiyni natsist Bandera shiori bilan kutib oldi va dushanba kuni u “Ukraina-Rossiya urushi”dan ko‘zlangan maqsad “Rossiyani zaiflashtirish” ekanligini aytdi. O‘z navbatida, Entoni Blinken Ukraina bu urushda “muvaffaqiyatga erishganini” ta’kidladi.
Kiyev rejimining moliyaviy jihatdan erishgan yutuqlari ko‘zga tashlangulik – amerikaliklar bir oy ichida Kiyevga 700 million dollarlik uchinchi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. Qandaydir harbiy muvaffaqiyatlar ma’lum emas - Ukraina Qurolli Kuchlari ikki oy davomida mudofaa qildi, orqaga chekindi va ishchi kuchi va texnikada katta (o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan) yo‘qotishlarga duch keldi. Asirga olingan Ukraina harbiylarining soni 4000 ming kishidan oshgan va asirga olinganlar soni hamon ko‘paymoqda.
“Ukraina urushda “to‘g‘ri jihozlar va to‘g‘ri yordam” bilan g‘alaba qozonishi mumkin”. Ehtimol, Ostinning bu vazmin da’vosi shundan kelib chiqkan.
Yaqin vaqtgacha Kiyev rejimi uchun NATO Sharqiy Yevropa davlatlarining “sovet” tanklari, piyoda jangovar mashinalari va zenit-raketa tizimlari (Varshava shartnomasi merosi), shuningdek Amerikaning texnologik jihatdan eskirgan Stinger ko‘chma raketa komplekslari, Javelin tankka qarshi boshqariladigan raketalari (yoki ularning Yevropadagi muqobillari) “to‘g‘ri” deya hisoblanib kelingan.
Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirilgan o‘nlab zirhli texnikalar va minglab ko‘chma raketa tizimlari (birinchi paket qiymati 800 million dollar) Rossiya Qurolli Kuchlarining arsenallarga va joylashtirilish hududiga yetib bormasdan vayron qilingan. Va juda ko‘p texnikalar esa Ukraina amaldorlari tomonidan o‘g‘irlangan va “ortiqcha” qurol sifatida Afrika mamlakatlariga jo‘natilgan.
Amerikaliklar frontga qurol yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilmayapti va yo‘qotishlarni hajmni ko‘paytirish, ya’ni o‘z ittifoqchilari va sheriklarini lend-lizga jalb qili evaziga kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lmoqda.
26 aprel kuni AQShning Ramsteinhavo kuchlari bazasida (Ostin boshchiligida) 40 ta davlat vakillari Ukrainaga “kengaytirilgan va dushmanga halokatli yordam” masalasini muhokama qiladi. Bundan tashqari, 20 mamlakat sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyorligini allaqachon bildirib o‘tgan.
Artilleriya test-drayvi
AQShning jami 1,5 milliard dollarlik (800 mlrd + 700 mlrd) harbiy yordamning ikkinchi va uchinchi paketlari o‘rtasidagi farq shundaki, ro‘yxatda og‘ir qurollar paydo bo‘lgan. Eng zamonaviysi bo‘lmasa ham biroq, eskalatsiya tendensiyasi o‘sib bormoqda.
AQSh Davlat kotibi va Pentagon rahbarining yangi qurol yetkazib berish kelishuviga erishish maqsadida Kiyevga kelishi ortiqchadek ko‘rinadi. Bu kabi masalalar odatda yopiq aloqa liniyalari orqali hal qilinadi. Jiddiyroq ishlar ham muhokama qilingan. Balki amerikaliklar “Azovstal” yerto‘lalarida AQSh va NATOning yuqori martabali zobitlari borligidan xavotirdadir.
Rossiyaga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikning sifat jihatidan o‘sgani ham istisno emas - 300 kmgacha bo‘lgan RSZO M142 HIMARS va boshqa texnikalarning Ukrainaga yetkazilishi (logistika va jangovar taktika bo‘yicha maxfiy instruktaj).
Kiyev rejimi yaqinda AQShdan: 1400 ta “Stinger”, 5500 ta “Javelin”, 14000 ta boshqa “boshqariladigan tankka qarshi raketa”, 200 ta bronetransportor, 120 ta uchuvchisiz apparat, shuningdek, 90 ta 155 mm lik kalibra gaubitsalari va ularga 140 000 dan ortiq snaradlarni qabul qilib oladi. Britaniya Ukrainaga 20 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalari (SAU) AS-90 155 mmli kalibra va ularga 45 ming ta artilleriya snaradlarini jo‘natmoqchi. Oq uy Ukraina uchun yangi may oyi yordam paketini tayyorlamoqda. Bu Ukraina Qurolli kuchlarining tanklar bo‘yicha jangovar salohiyatini oshiradi.
Germaniya 1970-yillarda ishlab chiqarilgan 100 ta Marder jangovar piyoda mashinalari, “eski zaxiralardan” 50 tagacha Leopard-1tanklari va va texnika tashish uchun zirhli shataklarni eksport qilishga tayyor. Kanada xizmatdagi 37 ta 155 mm gaubitsadan to‘rttasini (bepul emas) sovg‘a qildi. Chexiya va Polsha “sovet” D-30 tortma gaubitsalari, “Gvozdika” SAU, “Grad” RSZO BM-21 va T-72 tanklarini yubormoqda. Niderlandiya, Fransiya, Ispaniya, Slovakiya, Avstraliya, Kanada va Turkiya ham bu jarayonda faol.
Ta’kidlash lozim, Donbassdagi 400 kilometrlik frontda (Izumdan Gulyaypolegacha) G‘arb yetkazib bergan qo‘shimcha 100-200 ta artilleriya yoki bronetransportorlar Ukraina Qurolli kuchlari uchun (hatto ular yetib kelgan taqdirda ham) yordam bermaydi. Artilleriyadan muvaffaqiyatli foydalanish uchun har bir kilometrga sifat jihatidan farq qiladigan olov zichligi talab qilinadi va faqat uchuvchisiz apparat aniqlikni ta’minlay oladi.
Bu NATO standartlari bo‘yicha yuzlab artilleriyachilar va uchuvchisiz apparat operatorlarini tayyorlash muammosini keltirib chiqaradi. Polsha hududida 20-apreldan boshlab ukrainalik mutaxassislarni M777 (Britaniyada ishlab chiqarilgan) 155 mm dala tortma gaubitsalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Shu bilan birga, yevropaliklar Ukrainaga ko‘p miqdorda qurol yetkazib berish ularning o‘z mudofaa salohiyatini kamaytirishi va maxfiyligini yo‘qotishidan qo‘rqmoqda.
Logistikaning yo‘q qilinishi
Polshaning Jeshuv aviabazasiga (Ukraina chegarasidan 70 km uzoqlikda) 24 soat ichida ikkita C-17A harbiy transport samolyoti, to‘rtta Boeing 747 transport samolyoti, bitta Britaniya C-17A va Ukrainaning bitta An-124-100 rusumli samoletlari Kiyev rejimi uchun qurol-yarog‘lar bilan yetib keldi. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, AQSh va NATO Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida, Kiyev atrofida qurol-yarog‘larning yangi partiyalarini joylashtirmoqchi, shuningdek, Ukrainaning g‘arbiy viloyatlarida kuchli mustahkamlangan hududlar yaratmoqchi.
G‘arbning Ukrainaga qurol-yarog‘ bilan ta’minlashning faollashgani va kengaygani fonida, Ukraina Qurolli Kuchlari arsenallarini oldingi va chuqur operatsion orqada “demilitarizatsiyalash”, logistikani tamomila yo‘q qilish Rossiya uchun dolzarb bo‘lib bormoqda. Poltava viloyatining Kremenchug shahrida 24-aprel kuni “Kalibr” qanotli raketalari xorij qurollari joylashgan xabni yo‘q qildi. 23-aprel kuni Odessa yaqinidagi harbiy aerodromda g‘arbiy qurollarning katta partiyasi bo‘lgan logistika terminali raketa hujumidan vayron bo‘ldi. Avvalroq Lvov chekkasida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining logistika markazi “demilitarizatsiyalangandi”. Rossiya Havo-kosmik kuchlari, Harbiy-dengiz floti, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi shunday o‘nlab zarbalari bilan AQSh va NATOning Kiyev rejimiga bergan harbiy yordamiga har kuni putur yetkazadi.
Rossiyaning Kiyev rejimiga ta’minotni to‘xtatish to‘g‘risida AQShga yollagan notasi qat’iy choralar bilan mustahkamlangan. Ukraina transport aloqalarini va ko‘priklarini uzish ya’ni G‘arbdan kelayotgan harbiy yordamning “o‘lchovsiz” oqimini to‘xtatish vaqti keldi. O‘ta muhim ko‘priklar soni qirqdan sal ko‘p, yana bir qancha temir yo‘l elektrpodstansiyalari va kesishmalari bor, biroq bu vazifani uddalash mumkin.
25 aprel kuni havo hujumdan ogohlantirish sirenasi deyarli butun Ukrainada bo‘ylab yangradi. Lvov, Vinnitsa, Nikolayev, Xarkov, Dnepropetrovsk, Poltava va Odessa viloyatlarida Ukraina Qurolli kuchlarini demilitarizatsiya qilishning kunduzgi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Qurolli Kuchlari raketa zarbalari bilan “Nezalejnaya” hududi bo‘ylab tortish podstansiyalari va muhim temir yo‘l kesishmalarini o‘chirib qo‘yishni boshladi. Ukraina Qurolli Kuchlari uchun G‘arb qurollari o‘rnatilgan tarkiblar to‘sib qo‘yilgan, biroq hali “tozalanadiganlar” ko‘p.
NATO davlatlari bilan transport aloqalari butunlay uzilgach, Kiyev va Vashingtonda manevr qilish uchun joy sezilarli darajada torayadi va Ukraina Qurolli Kuchlari uchun yangi qozonlarning paydo bo‘lish ehtimoli keskin oshadi. “G‘arb bizga yordam beradi” degan o‘yda Kiyev rejimining faqat aqlsiz vakillarigina Rossiya bilan kurashishi mumkin.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon: 141 ta samolyot, 110 ta vertolot, 566 ta uchuvchisiz uchish apparati, 265 ta zenit-raketa kompleksi, 2526 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 283 ta zalp olovi reaktiv tizimi o‘rnatmalari, 1096 ta dala artilleriyasi va minomotlar, shuningdek, 2362 dona maxsus harbiy texnika yo‘q qilingan.