Toshkent va Moskva o‘rtasida yangi kelishuv imzolanadi
© Gleb Lunin/ press-slujba gubernatora Chelyabinskoy oblastiSotrudnichestvo Rossii i Uzbekistana
© Gleb Lunin/ press-slujba gubernatora Chelyabinskoy oblasti
Obuna bo‘lish
Kelishuvga binoan neyroxirurglarning malakasini oshirish, shahar transportini boshqarish va madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylashda tajriba almashiladi
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkent va Moskva o‘rtasida yangi, keng ko‘lamli kelishuv tayyorlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Toshkent hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov Moskva shahri Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Bondaruk boshchiligidagi Moskva hukumati delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli Toshkent va Moskva o‘rtasida 2018-yilda imzolangan avvalgi kelishuv faqat qisman amalga oshirilgan.
Tomonlar poytaxtlar o‘rtasida yangi kelishuvni tayyorlash niyatida ekanliklarini bildirdilar. Madaniyat festivallari, Moskvadagi Toshkent kunlari va Toshkentdagi Moskva kunlaridan tashqari kelishuvda bir qator sohalarga ham etibor qaratiladi.
Ular quyidagicha:
shifokorlar, jumladan, neyroxirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish uchun o‘quv seminarlari va boshqa tadbirlar;
shahar boshqaruvi mutaxassislari darajasida o‘zaro hamkorlik, poytaxtlarning Vaziyatlar markazlaridagi tajriba va ilg‘or ishlanmalar bilan almashish;
shahar transportini boshqarish bo‘yicha tajriba almashish: avtoturargohlarni tashkil etish, tahlil va rejalashtirish, elektrobuslardan foydalanish;
Madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash bo‘yicha tajriba almashish;
Qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish, jumladan, XXUK O‘zbekiston pavilonidan umumiy tadbirlar uchun maydon sifatida foydalanish;
Qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish, jumladan, XXUK O‘zbekiston pavilonidan umumiy tadbirlar uchun maydon sifatida foydalanish;
Moskvaning Toshkentda bo‘lib o‘tgan Universitetlararo forumdagi ishtiroki, Toshkent o‘quvchilarining Moskva olimpiadalarida qatnashishi.
Bo‘lajak kelishuvni tadbirlarga boyitish maqsadida muzokaralarni davom ettirishga qaror qilingan.