https://oz.sputniknews.uz/20220427/rossiya-jami-46ta-sarmat-jangovar-raketa-majmuasini-quradi---video-24240718.html
Rossiya jami 46ta “Sarmat” jangovar raketa majmuasini quradi - video
Rossiya jami 46ta “Sarmat” jangovar raketa majmuasini quradi - video
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda. 27.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-27T14:56+0500
2022-04-27T14:56+0500
2023-04-05T18:37+0500
video
mintaqalararo ballistik raketa
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24125984_0:34:1860:1080_1920x0_80_0_0_eda53679440b2a31391844ab57ba632b.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Roskosmos” 46 ta “Sarmat” strategik jangovar raketa tizimini qurib beradi. Bu haqda uning rahbari Dmitriy Rogozin “Solovyev Live” telekanali efirida ma’lum qildi. Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda buyurtmachi liniyasi bo‘yicha bir qator sinovlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular bilan operativ shtab shug‘ullanadi. Yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.“Hammasi prinsipial ravishda reja bo‘yicha ketmoqda, shuning uchun biz bu yil davomida parvozlarni loyihalash sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, bunga parallel ravishda biz Krasnoyarsk o‘lkasidagi birinchi polkni jihozlash uchun seriyali raketalar ishlab chiqarmoqdamiz — bu Ujur diviziyasi”, deya qo‘shimcha qildi Rogozin.“Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi V.P.Makeyev nomidagi davlat raketa markazida (“Roskosmos”ning bir qismi) ishlab chiqilgan, ishlab chiqaruvchisi Krasmash zavodi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, MBR RS-28 “Sarmat”ning og‘irligi 10 tonnagacha bo‘lgan "yukni" (masalan - jangovar kallaklar) Shimoliy va Janubiy qutblar orqali dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazishga qodir.Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Rossiya harbiylari “Sarmat” qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Raketa Kamchatkadagi belgilangan nishonni yakson qilgan edi. Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mazkur ballistik raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi bilan harbiylarni qutlagandi. “Raketa tizimi Rossiyaning xavfsizligini ta’minlaydi va unga tahdid qilmoqchi bo‘lgan o‘sha haddan oshganlarni o‘ylashga majbur qiladi”, degan edi prezident.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24125984_420:0:1860:1080_1920x0_80_0_0_695a9deb24598b862348fc526188974f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, mintaqalararo ballistik raketa, rossiya
video, mintaqalararo ballistik raketa, rossiya
Rossiya jami 46ta “Sarmat” jangovar raketa majmuasini quradi - video
14:56 27.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Dmitriy Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Roskosmos” 46 ta “Sarmat” strategik jangovar raketa tizimini qurib beradi. Bu haqda uning rahbari Dmitriy Rogozin “Solovyev Live” telekanali efirida
ma’lum qildi. “Kecha men “Sarmat”ning keyingi sinovlarini tashkil etish uchun “Roskosmos” hamkorligining tezkor shtab majlisini o‘tkazdim - men ushbu tezkor shtabga rahbarlik qilaman. Bizda jami 46 ta "Sarmat" strategik jangovar raketa tizimlari bo‘ladi”, dedi u efirda.
Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda buyurtmachi liniyasi bo‘yicha bir qator sinovlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular bilan operativ shtab shug‘ullanadi. Yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.
“Hammasi prinsipial ravishda reja bo‘yicha ketmoqda, shuning uchun biz bu yil davomida parvozlarni loyihalash sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, bunga parallel ravishda biz Krasnoyarsk o‘lkasidagi birinchi polkni jihozlash uchun seriyali raketalar ishlab chiqarmoqdamiz — bu Ujur diviziyasi”, deya qo‘shimcha qildi Rogozin.
“Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi V.P.Makeyev nomidagi davlat raketa markazida (“Roskosmos”ning bir qismi) ishlab chiqilgan, ishlab chiqaruvchisi Krasmash zavodi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, MBR RS-28 “Sarmat”ning og‘irligi 10 tonnagacha bo‘lgan "yukni" (masalan - jangovar kallaklar) Shimoliy va Janubiy qutblar orqali dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazishga qodir.
Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Rossiya harbiylari “Sarmat” qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Raketa Kamchatkadagi belgilangan nishonni yakson
qilgan edi. Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mazkur ballistik raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi bilan harbiylarni
qutlagandi. “Raketa tizimi Rossiyaning xavfsizligini ta’minlaydi va unga tahdid qilmoqchi bo‘lgan o‘sha haddan oshganlarni o‘ylashga majbur qiladi”, degan edi prezident.