“Rossiya” aviakompaniyasi Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Maksim BlinovCamolet Airbus A319 aviakompanii Rossiya na vzletno-posadochnoy polose v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva
Camolet Airbus A319 aviakompanii Rossiya na vzletno-posadochnoy polose v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
“Rossiya” aviakompaniyasi xalqaro parvozlar jadvaliga tuzatish kiritdi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Rossiya” aviakompaniyasi 2-maydan boshlab Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Moskvadan parvozlar tiklanishi munosabati bilan “Rossiya” aviakompaniyasining xalqaro parvozlar dasturi doirasida Sochidan parvozlar jadvaliga tuzatish kiritildi.
Unga ko‘ra, Sochi–Buxoro/Samarqand/Urganch yo‘nalishi bo‘yicha reyslar bekor qilinadi. Endi Sochidan Toshkent (kundalik ravishda) va Farg‘onaga (haftada uch marta) parvozlar amalga oshiriladi.
Xabarda aytilishicha, Buxoro/Samarqand/Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni Moskvadan amalga oshirish mumkin.
Moskva–Buxoro–Moskva yo‘nalishidagi reyslar haftasiga 3-marta (chorshanba, juma, yakshanba) amalga oshiriladi.
Moskva–Samarqand–Moskva yo‘nalishida reyslar haftasiga 4-marta (dushanba, seshanba, payshanba, shanba) amalga oshiriladi:
Moskva–Urganch–Moskva yo‘nalishidagi reyslar haftasiga 4-marta (dushanba, seshanba, payshanba, shanba) amalga oshirladi.
Parvozlar ikki klassli maketda taqdim etilgan SuperJet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bortdagi umumiy o‘rindiqlar soni 87 ta bo‘lib, shundan 12 tasi biznes-klass va 75 tasi ekonom-klass.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda COVID-19 global pandemiyasidan chiqish tendensiyalari holatiga ko‘ra, yaqin kelajakda turistlar oqimi yiliga kamida 30% ga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa aviakompaniya tizimida parvozlar geografiyasini kengaytirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda Rossiya shaharlari bilan muntazam aviqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, parvozlarga bo‘lgan talablar yana ortishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0