https://oz.sputniknews.uz/20220427/gazprom-bolgariya-va-polshaga-gaz-etkazib-berishni-toxtatdi-24235291.html
“Gazprom” Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
“Gazprom” Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
“Bulgargaz” va PGNiG kompaniyalariga to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatilgan. 27.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-27T11:21+0500
2022-04-27T11:21+0500
2022-04-27T11:43+0500
rossiya
gaz
polsha
bolgariya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24218226_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_e675d3020924d10cf7cedb07ada723f1.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. "Gazprom” kompaniyasi Bolgariyaning “Bulgargaz” va Polshaning PGNiG kompaniyalariga to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya xoldingi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, “Gazprom” aprel oyida bu kompaniyalardan 26-aprel holatiga ko‘ra gaz yetkazib berganlik uchun to‘lovni olmagan.Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida do‘st bo‘lmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.Ushbu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
polsha
bolgariya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24218226_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_d90452fb70ee6157ea4e6bd9c476b71f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, gaz, polsha, bolgariya
rossiya, gaz, polsha, bolgariya
“Gazprom” Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
11:21 27.04.2022 (yangilandi: 11:43 27.04.2022) “Bulgargaz” va PGNiG kompaniyalariga to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatilgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. "Gazprom” kompaniyasi Bolgariyaning “Bulgargaz” va Polshaning PGNiG kompaniyalariga to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya xoldingi matbuot xizmati
xabar bermoqda. “Gazprom eksport" "Bulgargaz" va PGNiG᾽ni 27-apreldan boshlab va farmonda belgilangan tartibga muvofiq to‘lov amalga oshirilmagunicha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabardor qildi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, “Gazprom” aprel oyida bu kompaniyalardan 26-aprel holatiga ko‘ra gaz yetkazib berganlik uchun to‘lovni olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida do‘st bo‘lmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni
imzoladi.Ushbu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.
“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.