Bu yil O‘zbekistonda o‘rtacha maosh qancha bo‘ldi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning birinchi choragida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida qayd etilgan – 8,4 million so‘m.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 mln 426,8 ming so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, oylik nominal ish haqining 2021-yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 19,1 foizni tashkil qilgan (o‘tgan yilning yanvar-mart oylarida 2 mln 876,4 ming so‘m bo‘lgan).
2022 yil yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.
2022 yilning birinchi choragida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida qayd etilgan – 8,4 million so‘m. Shuningdek,
axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi — 6,5 million so‘m
tashish va saqlash sohasida – 4,5 million so‘m,
sanoat sohasida – 4,4 mln so‘m,
qurilish sohasida – 4,1 mln so‘m,
savdo sohasida – 3,5 mln so‘m
ta’lim sohasida – 2,5 million so‘mni tashkil qilgan.
Eng past o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida qayd etilgan – 2,3 million so‘m.
Bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida eng yuqori o‘rtacha ish haqi – Toshkent shahrida (10,7 million so‘m), eng pasti Samarqand viloyatida (5,5 million so‘m) kuzatilgan.
Ta’lim sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (3,7 million so‘m), eng pasti Qashqadaryo viloyatida (2,2 million so‘m) qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (2,6 million so‘m), eng pasti – Qashqadaryo viloyatida (1,9 million so‘m).
Yangiliklar lentasi
0