Qizil kitobga kiritilgan ayiq bolasi qanday nobud bo‘lgani tekshirilmoqda

© GoskomekologiiGoskomekologii izuchayet obstoyatelstva gibeli medvejonka
Goskomekologii izuchayet obstoyatelstva gibeli medvejonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u ayiq bolasini o‘lik holda topgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi o‘ldirilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu xabar yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalarini ma’lum qildi.
Qo‘mita inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxs Dehqonobod tumani "Oqqishloq" MFY Qizilsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro K. Sh. ekani aniqlangan. Uning xonadonidan bir dona ayiq bolasining terisi topilgan.
“Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u ayiq bolasini o‘lik holda topgan”, - deyilgan xabarda.
Qo‘mita bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkazilishini qo‘shimcha qilgan.
Gumondor shaxsdan tushuntirish xati yozib bergan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozir tuzilgan ishchi guruh surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi ta’kidlangan.
Ekopartiya fraksiyasi a’zosi deputat Islom Xushvaqtov vakolatli davlat organlaridan mazkur ekologik xuquqbuzarlik yuzasidan batafsil ma’lumot berilishini so‘ramoqda.

“Aqlli odam haqiqiy ovchi sifatida hayvonlarga yashash imkonini berishi lozim, shu sababli ham u “yovvoyi odam”ga nisbatan ovchilik madaniyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi, yo‘qsa maxluq qiyofasidagi inson bo‘lib qolaveradi. Albatta, biz sivilizatsiyalar davrida xuquqiy davlatda umrguzaronlik qilamiz. Qonunchiligimizda har qanday xuquqbuzarlikka nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan”, deya yozgan deputat.

Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Qayd etish joizki, 25-aprel kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi tog‘li hududda ona qo‘ng‘ir ayiq ikki bolasi bilan uchratilganini ma’lum qilgan edi. O‘ldirilgani aytilayotgan bu ayiq bolasi aynan shu ayiqchalardan biri ekani yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.
Yangiliklar lentasi
0