Rossiya O‘zbekiston bilan birgalikda mustaqil aviasozlikni rivojlantiradi

© Sputnik / Mark Agnor / Mediabankka o‘tishSamolet IL-76 MD
Samolet IL-76 MD - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston aviatsiya sohasida Rossiyaning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Aviatsiya sohasidagi asosiy maqsad – xavfsizlik va importga tobe bo‘lmaslik. Bu haqda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oleg Bocharovma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlarining har bir bir paytlar maqsadi mamlakatni G‘arbga quloq tutuvchi va unga qulay bo‘luvchiga aylantirish bo‘lgan iqtisodiy bosimni boshdan kechirgan. Rossiya ham hozir bunday bosimni boshdan kechirmoqda.
“Aviatsiya yo‘laklari hozir mamlakatlarimizga ta’sir o‘tkazishning asosiy tarafi bo‘ldi, shuning uchun ular mobil aloqa, yo‘llarni uzib qo‘yishmoqda. Afsuski, samolyotlar uchun ehtiyot qismlarini yetkazib berish masalasi ikkilamchi. Birinchi masala – xavfsizlik, importga tobe bo‘lmaslik va Yevroosiyo hududining iqtisodiy barqarorligi”, - dedi Bocharov.
U Rossiya oldida aviasozlik tuzilmasini qaytadan ko‘rib chiqish vazifasi turganini ta’kidladi. Bu jarayondagi asosiy omil boshqa mamlakatlar bilan sanoat kooperatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Bochkarovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bunda muhim hamkorlardan biri bo‘lishi mumkin. Respublikada Sovet ittifoqi davrida yaratilgan aviasozlik tuzilmalari, xususan, u yerda qator sovet samolyotlari ishlab chiqilgan Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi qolgan.
“Sovet aviasozlari xotirasiga atalgan xiyobonni saqlaganlik uchun tashakkur. Samolyotsozlik maydonlari modernizatsiyasi uchun rahmat. Ular hamkorlik uchun yaxshi asos bo‘lishi mumkin. Aviasozlik bo‘yicha rossiyalik mutaxassislar Toshkentga kelishlari kerak. Konstruktor muhandislik qarorlarni O‘zbekistonniki bilan birlashtirish zarur. Toshkentda qolgan ishlab chiqarish quvvatini qayta tashkil etish va tiklash zarur”, - dedi Bocharov.
Uning ta’kidlashicha, hozir mavjud aviatsiya quvvatini tahlil g‘oyat muhim. Samolyotsozlik tuzilmasida havo kemalarining butun hayotini ta’minlash imkonini beruvchi asbob-uskuna va maydonlar paydo bo‘lishi kerak.
2020 yil dekabrida prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi aviasozlik zavodi (sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, hozir Toshkent mexanika zavodi) ishini qayta tiklash rejasi borligi ma’lum qilgan edi.
2022 yil martida O‘zbekiston Rossiyaga "Tu-214" samolyotlarini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yishda yordam berishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0