O‘zbekiston Belarusdan tijorat avtomobillari shassilari sotib oladi

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishZdanie Minskogo avtomobilnogo zavoda (MAZ) v Minske
Zdanie Minskogo avtomobilnogo zavoda (MAZ) v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent Belarus vakillari bilan MAZ shassilari borasida 25 million dollarlik shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Belarus delegatsiyasining Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha 25 million dollarlik shartnomalar imzolandi, ular asosan mashinasozlik sohasida. Bu haqda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar beradi “BelTA”.
“Delegatsiyaning Toshkentga tashrifi yakunlariga ko‘ra, 25 million dollardan ortiq mablag‘ga tijorat shartnomalari imzolandi, ularning aksariyati mashinasozlik sohasiga to‘g‘ri keladi”, deydi u.
Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yaxshi texnologik salohiyatga ega. Bundan tashqari, yaqin Xitoy va Koreya Respublikasida yaxshi mashinasozlik majmuasi bor.
“Shunday ekan, biz uchun odatiy mahsulot segmentida raqobat qilish juda qiyin. Lekin, o‘zbekistonlik hamkorlar tomonidan bu yerda o‘rnatilgan ustki tuzilmalarga ega MAZ shassilari juda yaxshi qabul qilindi. Mazkur shassilar o‘t o‘chirish-qutqaruv texnikasi, suv, neft mahsulotlari va boshqalarni tashish uchun tanklarlarni o‘z ichiga oladi. O‘ylaymanki, biz hamkorlik hajmini, xususan, O‘zbekistonda to‘liq yig‘ilgan uskunalar ishlab chiqarish uchun shassi yetkazib berish bo‘yicha ko‘paytiramiz”, deya qo‘shimcha qilgan bosh vazir.
Yangiliklar lentasi
0